"Liverpul" tarixidagi eng qimmat himoyachilardan biri safdan chiqdi
22 avg 13:58
Yangiliklar
"Liverpul" tarixidagi eng qimmat himoyachilardan biri safdan chiqdi
"Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong jarohati sabab yaqin orada maydonga tushmaydi va 1-12 sentyabr kunlariga mo'ljallangan xalqaro tanaffusdan keyin tarkibga qo'shiladi.
Bu haqda mersisaydliklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Frimpong APLning 1-turida "Bornmut"ga qarshi o'yinda (4:2) maydonga tushdi va 60-daqiqada almashtirildi.

"Liverpul" Frimpongni may oyi oxirida "Bayer"dan sotib olgandi. Transfer bonuslarni hisobga olmaganda 35 million evroni tashkil qilgan.
Frimpong Ibraima Konate bilan birga "qizillar" tarixidagi ikkinchi eng qimmat himoyachiga aylangan. Mersisaydliklar faqat Virjil van Deyk uchun ko'proq pul to'lagan – 2018 yilda "Sautgempton"ga 85 million evro.
Frimpong "Real"ga ketgan Aleksander-Arnoldning o'rnini egallagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar