So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  1 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Odil Ahmedov: "Krasnodar" men uchun to'g'ri tanlov bo'ldi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Krasnodar" men uchun to'g'ri tanlov bo'ldi"

Bugun "Krasnodar" jamoasi Odil Ahmedovning transferi haqida rasmiy malumot berdi.
Bugun tongda Toshkentga qaytib kelgan futbolchi saytimiz mehmoni bo'ldi.

"Avvalo "Anji"dagi faoliyatim uchun dog'istonliklarga katta rahmat aytaman. Uch yil davomida Rossiya premer-ligasida yaxshi mavsumni o'tkazdim. Qolaversa, Evropa ligasida debyut qildim. Bu men uchun katta maktab bo'ldi. Afsuski, "Anji" quyi ligaga tushib ketdi. Ammo bu jamoa muxlislar uchun yana kuchlilar safiga qayta olishiga ishonchim komil. O'zimga kelsam, oldimda variantlar ko'p edi. "Krasnodar" rahbariyati meni o'z safida ko'rishni istadi. Bu futbolchi uchun juda muhim. Ishonch bor joyda futbolchi o'zini erkin his etadi. "Krasnodar"ni tanlashimga yana bir sabab, bu erda bolalar futboliga juda katta etibor qaratiladi. "Anji"ga esa yana bir bor rahmat aytaman", - deydi Odil Ahmedov.

- CSKAdan ham taklif borligi haqida xabar chiqqandi?

- Ulardan tashqari arab klublaridan yaxshi shartnoma taklif qilishgandi. Ammo men Rossiyada qolishni istadim. CSKAning Rossiyada tutgan o'rni katta. Bu jamoa amaldagi chempion hisoblanadi. "Krasnodar" esa meni o'z safiga qo'shib olishni anchadan beri xohlayotgan edi. Yilma yil natijasi yaxshilanib borayotgan klubda o'z o'rnimga ega  bo'laman degan umiddaman.

P.S: Saytdan malumot olayotganda manzilni ANIQ va TINIQ ko'rsatish talab etiladi!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика