So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  4 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  4 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  7 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

OCHL. Birinchi bahsda "Navbahor" va "Al Ittihod" g'olibni aniqlay olishmadi Yangiliklar

OCHL. Birinchi bahsda "Navbahor" va "Al Ittihod" g'olibni aniqlay olishmadi

OCHLning 1/8 finali doirasida "Navbahor" Namanganda "Al Ittihod"ni qabul qildi.

OFK CHempionlar ligasi. 1/8 final
15 fevral, payshanba
Namangan. Markaziy stadion
NAVBAHOR (O'ZBEKISTON) – AL ITTIHOD (SAUDIYA ARABISTONI) 0:0
Bosh hakam: Araki Yusuke (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Vatanabe Kota, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Iida Jumpei (Yaponiya)
VAR: Kimura Xiroyuki (Yaponiya)
AVAR: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)
Nazoratchi: Visva Natxan Krishnan (Singapur)
Komissar: Mindu Dorji (Butan)


"Navbahor" — 1. O'tkir Yusupov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (Siyavash Haqnazari 78), 11. Asadbek Sobirjonov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Ruslan Jiyanov (Dostonbek Abdulhaev 86), 22. Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze 78), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abror Ismoilov. 

"Al Ittihod" — 1. Al Mayuf, 26. Axmed Hegazi, 33. Al Olayan, 15. Hassen Kadesh, 37. Al Sagun, 8. Fabino, 7. Ngolo Kante, 16. Al G'amdi, 17. Al Sahafi (Axmad al G'amdi), 90. Romarino (Saloh Al Jamaan 74), 99. Abdulrazzoq Hamdallah.


Navbahor Namangan

AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

15/02/2024, 18:00

0
:
0
Tugadi

Al Ittihad

45'
90'
11'  Odildzhon Khamrobekov
31'  Samvel Babyan
78'  Jamshid Iskandarov (Siavash Haghnazari)
78'  Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze)
79'  Giorgi Nikabadze
86'  Ruslanbek Jiyanov (Doston Abdulkhaev)
53'  Fawaz Al Sagour
57'  Marwan Al Sahafi (Ahmed Alghamdi)
74'  Romarinho (Saleh Al-Amri)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, biznikilar hujumga shoshilmagach, hakam ham final hushtagini chalib qo'ya qoldi. Qiziqarli bellashuvda hisob ochilmadi. 

90+5-daqiqa. O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi va hech qaerga shoshilmayapti.  

90+4-daqiqa. Mehmonlar burchak zarbasi amalga oshiradi.

90-daqiqa. Bosh hakam asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berdi.

89-daqiqa. Hamrobekov Hamdallahga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

86-daqiqa. O'zgarish! Jiyanov o'rnini Dostonbek Abdulhaevga bo'shatib berdi.

83-daqiqa. Jiyanov oyolarida og'riq his qilib, zaxira o'rindig'i tomon yuzlandi va maydonga o'tirib oldi. 

81-daqiqa. UXXX! Himoyachilarning sustkashligi oqibatida Hamdallah gol urib ketishiga sal qoldi. 

79-daqiqa. Ogohlantirish! Giorgi Nikabadze maydonga tushdi-yu, darrov sariq kartochka ishlab oldi.  

78-daqiqa. O'zgarishlar! Toma Tabatadze va Iskanderov o'rniga Nikabadze hamda Siyavash Haqnazari tushdi.

75-daqiqa. Ruslanbek Jiyanov markazroqqa o'tib borib zarba yo'lladi, lekin uning urinishi kuchsiz chiqdi. 

74-daqiqa. O'zgarish! Romarino o'rniga Saloh Al Amri maydonga tushirildi.

To'p o'yinga kiritildi. Oxirgi zarbani Odiljon Hamrobekov berdi, ammo noaniq. 

Endi narigi burchakdan to'p o'yinga kiritilishi kerak. 

67-daqiqa. "Navbahor" to'pni burchakdan o'yinga kiritadi. 

65-daqiqa. "Navbahor"ning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

62-daqiqa. Ismoilovga nisbatan yaqinda maydonga tushgan Axmad ancha keskin o'ynadi, hakam qoida buzilmadi deb hisobladi. 

60-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pga chiqqan O'tkir Yusupov xatoga yo'l qo'ydi, baxtimizga Hegazi ham noaniq zarba berdi.   

59-daqiqa. Mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. 

57-daqiqa. O'zgsharish! Al Sahafi o'rniga kanadilk Axmad al G'amdi o'yinga qo'shildi. 

53-daqiqa. Ogohlantirish! Favaz Al Sagun to'pga eta olmay, Toma Tabatadzening oyog'iga zarba bergani uchun ogohlantirildi.

51-daqiqa. Abdulrazzoq Hamdallahning zarbasi o'ta noaniq chiqdi. SHunday ruhda davom et Hamdallah.

47-daqiqa. "Navbahor" o'ng qanotdan xavfli hujum uyushtirdi, lekin oxirgi zarba etishmadi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1-daqiqa. Qo'shilgan o'sha bir daqiqa ham maydon markaziga yaqin hududda o'tdi. "Navbahor"ning hujumi oxiriga etmay qoldi, zarbani bloklagan mehmonlar qarshi hujumga o'tib ketishiga esa "lochinlar" yo'l qo'yishmadi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Samvel Babayan yana barchaning etiborini o'ziga qaratdi. 

41-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. 

38-daqiqa. Hassen Kadesh to'p uchun kurashda Tabatadzega qarshi qo'pol o'ynadi. Hakam jarima zarbasi belgiladi.  

35-daqiqa. Al Olayan uzoq masofadan zarba berishga qaror qildi. Biroq u tepgan to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi.

31-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga ochiqchasiga etiroz bildirgani uchun Samvel Babayanga sariq...

30-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin "Navbahor" futbolchilari xavfni bartaraf etishni uddalagandi. Qo'shimchasiga o'yindan tashqari holat ham qayd etildi. 

29-daqiqa. Ismoilov raqibining oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. 

27-daqiqa. Farruh Sayfiev jarima maydonchasi ichiga yo'llagan to'pni darvozaga yo'llaydigan sherigi topilmadi va Al Mayuf osonlik bilan egallab oldi.

Burchakdan uzatma umuman qovushmadi.

20-daqiqa. "Navbahor" burchak zarbasi ishladi.

16-daqiqa. Ismoilov maydonda yotibdi... Hegazi uning yuziga zarba berib yuborgandi. Hakam buni etibordan chetda qoldirdi.

13-daqiqa. "Al Ittihod" to'pni nazorat qilmoqda. Romarinoning zarbasi noaniq chiqdi.

11-daqiqa. Ogohlantirish! Maydon markazidagi fol uchun hakam Odiljon Hamrobekga sariq ko'rsatdi.

10-daqiqa. Al Sahafi teziligini ishga solib to'pni maydonda saqlab qoldi va jamoasiga yana bir burchak zarbasi ishlab berdi. 

9-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini "Ittihod" amalga oshiradigan bo'ldi.

8-daqiqa. Farruh Sayfiev raqibining harakatlaridan norozi... Hamdallah uni tinchlantirishga urinmoqda.

5-daqiqa. Mehmonlar o'ng qanotdan hujum tashkil etishdi va jarima maydonchasi o'rtasida turgan Hamdallah zarba yo'llash uchun imkon topdi, to'p esa uning urinishidan keyin ustunga tegib qaytdi. 

4-daqiqa. Al Sahafi markazga o'tib borib, jarima maydonchasiga kirmay, aniq zarba yo'lladi... O'tkir Yusupov o'z o'rnida va u to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.

2-daqiqa. Hakam Sobirjonov raqibga nisbatan fol ishlatdi deb topdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Esdalik uchun suratlar... Bosh hakam esa jamoa sardorlari bilan rasmiy ishlarni hal qilmoqda. 

Namangandagi "Markaziy" stadioni kutilganidek muxlislar bilan liq to'lgan. Ishqibozlardan ajoyib performans tayyorlanganligi haqida xabar bergandik. Atmosfera shunchaki ajoyib!  

Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan 19:00da start oladi. Hozirga kelib, mehmonlarning asosiy tarkibi malum bo'lib ulgurgan.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика