OCHL G'arb mintaqasining 1/8 final savatchalari malum. O'zbekistonga "Al Nassr" kelishi mumkin
06 dek 2023 08:18
Yangiliklar
OCHL G'arb mintaqasining 1/8 final savatchalari malum. O'zbekistonga "Al Nassr" kelishi mumkin
Unga ko'ra, G'arb mintaqasidan 8 jamoa – "Al Ayn", "Al Ittihod", "Al Hilol", "An Nassr", "Nasaf", "Navbahor", "Sepahon" va "Al Fayha" keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
OCHL reglamentiga binoan, 28 dekabr kuni o'tkaziladigan qura tashlash marosimidan oldin 8 jamoa ikkita savatchaga ajratiladi. 1-savatchadan 5ta guruhdagi 4ta eng yaxshi natijaga ega 1-o'rinlar joy olsa, 2-savatchadan eng yomon natija qayd etgan guruh peshqadami va 2-o'rin bilan chiqqan 3 jamoa joy oladi. Qarshi klubi guruh peshqadamlari orasida eng kam ochko to'plagani sababli, 2-savatchadan joy oldi.
OCHL. 1/8 final qura savatchalari:
1-savatcha: "Al Ayn", "Al Ittihod", "Al Hilol", "An Nassr"
2-savatcha: "Nasaf", "Navbahor", "Sepohon" va "Al Fayha"
Malumot uchun, OCHL nimchorakfinal dastlabki bahslari 12-13 fevral kunlari 2-savatchadagi jamoalar maydonida, javob uchrashuvlari esa bir haftadan keyin – 19-20 fevral kunlari 1-savatchadagi jamoalar uy stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar