So’nggi yangiliklar

17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  0 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  4 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  0 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  2 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  2 14:27"Вулвс" АПЛнинг 17 ўйинида 1 та гол урган ҳужумчи учун 40 млн фунт сўраяпти  1 13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  6 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  7 12:33"Вулверхэмптон" Англия чемпионатининг дастлабки 19 турида бирор марта ғалаба қозонмади ва 123 йиллик антирекордни такрорлади  0 12:22Балотеллида БАА 2-лигаси вакили "Ал-Иттифоқ"дан таклиф бор. 35 ёшли ҳужумчи 2024 йил декабридан бери ўйнамаяпти  2 10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  8 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  1 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3

OCHL. "Al Ayn" so'nggi daqiqalarda gol urib "Nasaf"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Ronaldu Qarshiga kelmaydi Yangiliklar

OCHL. "Al Ayn" so'nggi daqiqalarda gol urib "Nasaf"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Ronaldu Qarshiga kelmaydi

Teglar :  Al AynNasaf
OCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasidan o'rin olgan "Al Ayn" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OCHL, 1/8 final, javob o'yini

21.02.2024 yil

Al Ayn, "Hazza bin Zayd" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)

"Al Ayn" - "Nasaf" 2:1 (TUGADI)

Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)

Qanot hakamlari: Anton SHchetinin va Jorj Lakrinidis (ikkisi Avstraliya)

Zaxira hakami: Kim Jorj Aleksandr (Avstraliya)

VAR: Keyt Yacevich (Avstraliya)

AVAR: Jon Kirni Robinson (Avstraliya).

Gollar: Akmal Mozgovoy (Bobir Abdixoliqov) 52 0:1, Kojo Laba 55, 1:1, Sofian Rahimi 90+2

"Al Ayn": 17.Xolid Eysa, 3.Kuame Kuadio Autonn, 5.Park Yong Vu, 6.Yaxyo Nodir ( 30.Hazim Muhammad,87), 7.Omer Acili (8.Muhammad Abbas Al Blushi,61), 9.Kojo Laba, 11.Bandar Muhammad, 16.Xolid Muhammad Al Hashmi, 20.Matias Palasios, 21.Sofian Rahimi (22.Falah Volid, 90+5), 40.Xolid Al Blushi (13.Ahmad Barman, 61)

Zaxira: 1.Muhammad Busanda,  12.Sultan Abdulla Al Menteri, 18.Xolid Muhammad, 27.Sulton Al SHamsi, 66.Mansur Said, 90.Eysa Xalfan.

"Nasaf":  35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov (21.Doniyorjon Narzullaev, 90+4), 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 28.SHuhrat Muhammadiev, 30.Temur CHogadze (20.Viktor Da Silva,83), 70.Jaba Jigauri (45. Zoran Marushich,63)  88.Marko Stanoevich ( 9.Javohir Sidiqov,63) 97.Bobir Abdixoliqov (44.SHahzod Akramov, 83)

Zaxira: 91.Zafar Safoev, 13.Adhamjon Musulmonov, 2.Alibek Davronov,  34.SHerzod Nasrullaev, 

Ogohlantirish: Al Blushi ("Al Ayn") 39, Matias Palasios ("Al Ayn") 85, Hazim Abbas ("Al Ayn") 90+5


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn", Hazim Abbas 

90+2. GOL. Ana xolos. "Al Ayn" qo'shib berilgan daqiqalarda hisobda oldinga chiqib oldi. Nematov qanotdan kelgan to'pni qaytardi. Qaytgan to'ni Sofiyon Rahimi darvozaga yo'llab qo'ya qoldi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Borgan sari ekstra-taymlarni hidi kelmoqda. 

87. O'ZGARISH. "Al Ayn", Yaxyo Nodir o'rniga Hazim Abbas tushdi. 

85. OGOHLANTIRISH. Matias Palasios, "Al Ayn"

83. O'ZGARISH. "Nasaf", Temur CHogadze o'rniga Viktor Da Silva, Bobir Abdixoliqov o'rniga SHahzod Akramov tushdi. 

75. Statistika. Zarbalar: 14/6 - 14/5

72. O'yin harorati yuqori. 

70. Palasiosning zarbasi noaniq ketdi. 

63. O'ZGARISH. "Nasaf", Jaba Jigauri o'rniga Zoran Marushich, Marko Stanoevich o'rniga Javohir Sidiqov tushdi.

62. ZARBAAAAAAA. NE'MATOOOOV. Yaxyo Nodirning kuchli zarbasini Nematov qaytardi. 

61. O'ZGARISH. "Al Ayn", Al Blushi o'rniga Ahmad Barman, Acili o'rniga Muhammad Al Blushi  tushdi. 

61. Bobir Abdixoliqov o'yindan tashqari holatda qolgani aniq bo'ldi

60. Bobiiiir. U katta tezlikda himoyachilardan qochib ketdi. Himoyachilar uni yiqitishdi. Hakam penaltiga keyin esa o'yindan tashqari holatga ishora qildi. VAR bormi? Bir minutga qarab yuborsin. 

58. Barchasini yana boshidan boshlaymiz. "Al Ayn" goldan ruh oldi va yana oldinga o'tmoqda. 

56. VAR golni ko'rdi. Hech narsa o'zgarmadi. 

55. Eh, bayramni boshlagan joyimizda Laba rasvosini chiqardi. Himoyachilar Labaga zarba berishga yo'l qo'yib berishdi, 1:1

52.  Stanoevich burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Bobir jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olib Akmalga uzatdi. U esa gol urdi. 

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Nihoyat, nihoyat bo'lar ekanku, mana o'sha gol, mana sizga gol.

49. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA. Mozgovoyning uzatmasini Jigauri yon tomonlama darvozaga to'g'irlab yubordi. Xavfli zarba. Eysa esa o'ziga yana bir seyv yozdirib qo'ydi. "Nasaf" boshlayapti. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

 

Tanaffus.

45+4. "Nasaf"  bo'lim oxirida yana imkoniyatga ega bo'ldi. Gol yo'q, gol yo'q. 

45+2. ZARBAAAAAAAAAA. "Nasaf" burchakka yaqin joyda to'pni o'yinga kiritdi. Murod Rahmatovning bir aldab bergan zarbasini Eysa qaytardi. Bu erda SHarof ham juda aqqli tarzda harakat qilganini etirof etish joiz. 

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

44. ZARBAAAAAAAA. Qarama qarshi o'ngdan chapga uzatilgan to'pni Muhitdinov darvozaga yo'lladi. Himoyachilar yana ishonchli o'ynadi. "Nasaf" golga yaqin. 

42. UUUUUUX. Abduvohid Nematov raqibning qarshi hujumining goli bilan tugashiga yo'l 

39. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn", Al Blushiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

34. Xavfli vaziyat. "Nasaf" oldinga o'tdi. Rahmatovning erlatib bergan zarbasini himoyachilar qaytardi. 

32. Statistika: Aniq zarbalar 1/2

27. ZARBAAAAAAAAAAAA. SHarof Muhitdinovning super pasidan Bobir Abdixoliqov boshi bilan zarba yo'lladi. Qaytgan to'pni Mozgovoy tepdi. Zarbani esa Xoshmi qaytardi. Eh, Bobir, Bobir. Osiyo Kubogida urmagan gollarini urib ol. 

19. ZARBA. CHogadze zarba yo'lladi. Xolid Eysa o'z o'rnida. 

17. 2016 yil bu jamoalarning BAAdagi o'yinida mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozongan. "Nasaf" mehmonda hali "Al Ayn"ga gol urmagan.

13. Jaba Jigauri maydonning har bir nuqtasida paydo bo'lishga harakat qilmoqda. 

8. Xavfli vaziyat. "Al Ayn" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Qanotdan jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pga Laba boshi bilan zarba yo'llashga urinib ko'rdi. Bu erda u Nematov bilan to'qnashib ketdi. 

3. "Al Ayn" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirdi. "Nasaf" jamoaviy tarzda yaxshi himoyalandi. 

2. Ilk daqiqalardan to'p nazorati maydon egalarida bo'lib turibdi. Bu albatta kutilgan va tabiiy holat edi. 

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishdi. Olg'a "Nasaf"!

- Uchrashuv 21:00da start oladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика