So’nggi yangiliklar

23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  5 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  1

"Nyukasl" braziliyalik vunderkind uchun muzokaralarni davom ettirmoqda Yangiliklar

"Nyukasl" braziliyalik vunderkind uchun muzokaralarni davom ettirmoqda

Angliyaning "Nyukasl" klubi "Flamengo"ning yosh istedodi Mateus Franka uchun muzokaralar olib borishda davom etyapti.

Ingliz klubi yanvar oyi boshida o'smir futbolchi uchun ehtimoliy transfer borasida kelishuvga erishish uchun aloqalar o'rnatilganini tasdiqlagan edi. Avvalroq Braziliya chempionati vakili "Bayer" Leverkuzenning Franka uchun yuborgan 10 mln funtlik taklifiga rad javobini bergan edi. "Nyukasl" vositachilar orqali taxminan 14 mln funtlik taklif kiritgani malum bo'lmoqda. Biroq Janubiy Amerika klubi 18 yoshli istedodli futbolchi uchun ko'proq mablag' talab qilmoqda va uning ortidan 18 mln funt foyda ko'rishni rejalashtirmoqda. Frankaning vaziyati "Lion" va "Real" tomonidan ham jiddiy kuzatib borilmoqda. SHu oyda Andrey Santosni "CHelsi"ga boy bergan "hakkalar" Braziliya futbolining yana bir istiqbollaridan birini boy berib qo'ymoqchi emas. 

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar termasi vakili so'nggi bir yilda "Flamengo"ning asosiy tarkib o'yinchilaridan biriga aylandi. U amaldagi klubi bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan 75 mln funtlik tovon puli ko'rsatilgan shartnomaga ega.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика