Filipe Luis Evropa klubini boshqarmoqchi
19 dek 16:46
Yangiliklar
Filipe Luis Evropa klubini boshqarmoqchi
"Flamengo" bosh murabbiyi Filipe Luis faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi ekanini aytdi.
40 yoshli braziliyalikning shartnomasi 2025 yil oxirida o'z nihoyasiga etadi.
"Mening shartnomam muddati tugamoqda va biz uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Bir kun kelib Evropaga qaytish orzuim borligini hamma biladi, men bunga ko'p tayyorgarlik ko'rganman. Ertadan boshlab, endi nima qilishni hal qilamiz”, — dedi Luis.
Braziliyalik mutaxassis 2024 yilning sentyabr oyidan buyon "Flamengo" bosh jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 88 ta o'yin o'tkazib, 57 ta g'alaba, 21 ta durang va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Luis futbolchilik yillarida Madridning "Atletiko”, "Chelsi”, "Deportivo" va "Ayaks" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar