So’nggi yangiliklar

13:45"Манчестер Сити" Ҳусановга Италия А Сериясидан рақобатчи топди  2 13:18"Бешиктош" қозоғистонлик футболчини трансферга қўяди  0 12:50Тарихда шу кун. "Бунёдкор" - "Гамба Осака" 3:2. Шарқда учган "қалдирғоч"  1 12:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти ФА U-16дан йирик ҳисобда устун келди  0 12:10"Реал" учта трансферни амалга оширади  9 11:47Артета Гвардиолага раҳмат айтди  3 11:23УЕФА "Арсенал" дарвозасига берилган пенальтининг бекор қилиниши бўйича баёнот берди  8 10:47Анчелотти мавсум якунланмасдан ишдан олиниши мумкин  5 10:18Пролига. Бугун «Олимпик» дербиси бўлиб ўтади  0 09:48МЮ жорий мавсум ушбу натижага эришган ягона жамоа  5 09:20Зотеев кечаги мағлубиятдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди  37 08:51Расман. Ла Лигадан кейинги мавсум 5 та жамоа EЧЛда иштирок этади  14 08:23ЕЧЛда ҳафта рамзий жамоаси эълон қилинди  3 07:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  24 07:30Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади  3

Nodir Eliboev: "Hozir biz Vetnam haqida o'ylashimiz kerak" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "Hozir biz Vetnam haqida o'ylashimiz kerak"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida chorak finalda Vetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuv oldidan terma jamoamiz yordamchi murabbiyi O'zbekiston terma jamoasi sobiq futzalchisi Nodir Eliboev bilan suhbatlashdik.


- Guruh bosqichi O'zbekiston uchun omadli o'tdi. Yaponiyaga qarshi uchrashuv qanchalik qiyin bo'ldi?


- Guruhdagi so'nggi turda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'yinda bizga biroz omad etishmadi. CHunki bizda Yaponiya terma jamoasiga nisbatan ko'plab golga tortadigan vaziyatlar yarata oldik. Afsuski yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana ololmadik. O'zimiz yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Yaponiya terma jamoasi Osiyoda Eron terma jamoasidan keyingi ikkinchi kuchli terma jamoa hisoblanadi. O'ylaymanki Yaponiya terma jamoasiga uchrashuvda biz to'g'ri yo'nalishda o'yin olib bordik. Yani qaerdadir pressing qildik va yana qaerdadir qarshi hujumga tayanib o'yin olib bordik. Bu bahsda bizga biroz omad va mahorat etishmadi.


- Ertaga Vetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib borasizlar. Ushbu terma jamoa qay darajada kuchli ekanligini yaxshi bilasiz. Bu terma jamoa haqida hozir qanday fikrdasiz?


- Vetnam terma jamoasi hozirgi kunda katta tezlik bilan o'sib borayapti. So'nggi yillarda ushbu terma jamoa oldinga katta qadam tashladi. Misol uchun, 2016 yili Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Yaponiya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratdi. Kolumbiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ijobiy natija qayd  etdi. Bu bilan nima demoqchiman, ertangi o'yin biz uchun shunchaki oson bo'lmaydi. Lekin biz futzalchilarimizga va kuchimizga ishonamiz. Nasib qilsa ertaga Vetnam terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

- Xitoy Taypeyida bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatiga siz murabbiy sifatida bordingiz. Bu yilgi musobaqa avvalgilariga qaraganda nimasi bilan farq qilmoqda?


- Bu yilgi Osiyo chempionati juda ham qiziqarli va kurashlarga boy o'tmoqda. Musobaqaga tashrif buyurgan terma jamoalar ancha o'sishga erishgan. Terma jamoalar o'rtasidagi raqobat avvalgilariga qaraganda ancha kuchaygan. SHunisi bilan ham bu yilgi Osiyo chempionati ko'zga tashlanmoqda.

- Ayni damda futzalchilarning kayfiyati qanday? Mashg'ulotlar qay darajada olib borilmoqda?


- Yaponiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng yigitlarning kayfiyati unchalik yaxshi emasdi. Lekin biz yigitlarimizni kayfiyatini ko'tarishga harakat qildik. Nima bo'lgan taqdirda ham Vetnam terma jamoasiga alo darajada tayyorgarlik olib borishimiz shart. Nima bo'lgan taqdirda ham biz Vetnam terma jamoasiga qarshi o'ynashimiz kerak. Mashg'ulotlarimiz asosan taktikaviy o'yinga qaratilgan.


- Xose Mariya Mendez terma jamoadan ketganidan so'ng, tarkib yangilandi. Tarkib o'zgargan bo'lsa ham o'yin uslubiga o'zgartirish kiritildimi?


- Tarkibdagi bunday o'zgarishlar kerak edi. CHunki biz jahon chempionati yo'llanmasini beruvchi keyingi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Oldimizga 4 yillik rejani vazifa qilib qo'yganmiz. Mana shu rejaga asosan biz yoshlarni jamoaga taklif qilganmiz.  Xose Mariya Mendez terma jamoadan ketganidan so'ng, tarkib tubdan o'zgardi. Tarkibda 5-6 nafar futzalchilar avvalgi tarkibdan, qolganlar esa yoshlar. o'yin uslubi o'zgargani yo'q.


- Mendez bilan ko'rishdingizmi? Hozir ham undan maslaxat olib turibsizlarmi?


- Albatta, bu erda ham biz Mendez bilan ko'rishib turibmiz. Nafaqat bu erda, Toshkentda bo'lsak ham u bilan aloqadamiz. Xose Mariya Mendez biz uchun qo'ldan kelgan barcha yordamni ayamaydi.


- Xose Mariya Mendez terma jamoamizni juda ham yaxshi biladi. Agarda terma jamoamiz Mendez boshqarayotgan Tailand bilan to'qnash kelib qolsa, qanday uslubda o'yin olib boradi, bunga qarshi reja o'ylab qo'yganmisizlar?


- Hozir biz Vetnam terma jamoasi haqida o'ylashimiz kerak. SHundan so'ng boshqa terma jamoalar haqida bosh qotiramiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика