So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  5 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  33 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Nima uchun Valverde "Barselona"dan ketishi kerak? Yangiliklar

Nima uchun Valverde "Barselona"dan ketishi kerak?

Aslida bu o'tgan yili bo'lishi kerak edi.

"Barselona" o'shanda ECHL chorak finalida "Roma"ga qarshi o'yinda ham aynan shunday ustunlikka ega edi. Bu mavsum esa "Liverpul". To'g'ri, raqib ikki xil, ammo scenariy bitta.

Valverde qo'l ostida "Barselona" o'ziga bo'lgan ishonchni qaytargandek ko'rinmoqda, biroq mana ikki mavsumdirki, ularning pessimistligi o'zlariga qimmatga tushmoqda. 

Nima uchun bu aynan Valverde jamoasida bo'lmoqda

Ha, buning uchun ko'plab sabablar bor. "Barselona" Valverde qo'l ostida janglar taklif qilmoqda. "Barselona"ning oldingi ananalaridan voz kechgan Valverde katta o'yinlarda himoyaviy uslubdan foydalanmoqda. Ayrim pallalarda Messining mo'jizalari jamoani qutqarmoqda, bazida esa...

Ha, bu ish beradi. Biroq Messi ham xatoqilmas inson emas. U ham raqib ko'pchilik bo'lib himoyalanganda, hech nima qila olmaydi. "Barselona"da aslida Messidan boshqa javob ham yo'q. Misol uchun, kecha "Liverpul" to'g'ri himoyalandi, Valverdening extiyotkor taktikasi esa ish bermadi. Natijada mag'lubiyat...

Ikkinchidan, Valverde o'zgarishlarni kech amalga oshirdi. Valverdening ikki yillik faoliyatini taxlil qilsak, u o'zgarishlarga katta etibor bermaydi va buni paysalga solaveradi, garchi zaxirada Malkom, Vidal, Dembele kabi futbolchilari bo'lsa ham...

Uning o'zgarishlar qiladigan vaqtida esa asosan "Barselona" mag'lubiyatga uchrayotgan bo'ladi. Yana kechagi o'yinni misol qilib keltiramiz. Hisob 0:3ga etganida Malkom maydonga tushdi. To'rtinchi goldan keyin esa jamoa oldinga o'tishni boshladi.

Nihoyat, jamoa tarkibidagi aylanish o'z maromiga etmadi. Natijada futbolchilar katta o'yinlarda o'zlarini biroz yo'qotib qo'ymoqda. Bu mavsumda Pike, Suares va Alba kabi futbolchilar bilan rotaciyalar qilinmadi.

O'tgan yili "Roma"dagi mag'lubiyatda futbolchilarning qattiq charchagani va har 3 kunda o'yin o'tkazayotgani sabab bo'lgandi. Valverde esa bundan xulosa chiqarmadi.

Nima uchun Valverde ketishi kerak?

Oddiy gap - u "Barselona"ning bor kuchini namoyish qila olmayapti. U o'zi darajasida jamoani olib yuribdi va "Barselona"dan bundan ortig'ini kutib bo'lmaydi. U Messi sardorligida bu mavsum yanada kuchliroq tarkibga ega bo'lgandi. Ammo ECHLda finalga yo'llanma olinmadi. Demak, Valverdening "Barselona"si bunga qodir emas.

"Kamp Nou"da pasayish bor. Bu esa Valverde ketganidan keyin yo'qoladi. U ketganidan keyin "Barselona" falsafasi ham o'zgaradi. Va jamoa ECHLda g'olib bo'lishi mumkin...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика