So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  37 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  176 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Nima uchun braziliyalik Olimpiada chempioni FIFA tomonidan Fair Play sovriniga loyiq ko'rildi? Yangiliklar

Nima uchun braziliyalik Olimpiada chempioni FIFA tomonidan Fair Play sovriniga loyiq ko'rildi?

Yarim himoyachi may oyida Braziliyada sodir bo'lgan suv toshqinlari paytidagi qahramonligi uchun etirof etildi.

Joriy yilning boshida Braziliyaning janubiy qismidagi suv toshqinlaridp Porto Alegre shahri futbolchilari eng yaxshi insoniy fazilatlarini namoyon etdi.

"Internacional" jamoasi azosi Tiago Mayya shahar aholisiga yordam berish uchun ko'chaga chiqqan futbolchilardan biri edi va uning say-harakatlari FIFA tomonidan Fair Play mukofoti bilan taqdirlandi.

2016 yilda Braziliya terma jamoasi bilan Olimpiya o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritgan yarim himoyachi suv bosgan binodan keksa ayolni orqasiga opichlab olib chiqib ketayotgan video ijtimoiy tarmoqda tarqalib, ko'pchilikning hayrat va tahsiniga sazovor bo'ldi.


Natijada u FIFA tomonidan mukofotga loyiq ko'rildi. Mazkur sovrin futbolchi, murabbiy, jamoa, hakam, muxlis yoki muxlislar guruhiga maydon ichida yoki tashqarisidagi namunaviy va adolatli xatti-harakatlari uchun beriladigan sharafli unvon hisoblanadi.

"Men o'zimni qahramon deb hisoblamayman. Ota-onam menga doimo, vaziyat qanday bo'lishidan qati nazar, qo'shnilarimni sevishni o'rgatishgan. Bir kuni uyda uyg'onib, "Men uyda o'tirolmayman, odamlarga mening yordamim kerak," degan qarorga keldim. Hatto Evayr xonim uchrashganimizda meni o'zining qahramoni deb ataydi. Men unga, "Yo'q, Evayr xonim, mening o'rnimda bo'lganingizda, siz ham men uchun xuddi shunday qilgan bo'lardingiz," deyman. Suv toshqinidan so'ng futbolni tashlamoqchi bo'ldim. Bu voqea menga ruhiy jihatdan juda katta tasir ko'rsatdi. Lekin zarurat tug'ilsa, bu ishni yana takrorlagan bo'lardim."

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика