So’nggi yangiliklar

17:10Мареска ишдан бўшатилди  0 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3

Nikola Lazarevich: "5-6 ta jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "5-6 ta jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Qizilqum" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, yigitlarimizni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Oxirigacha harakat qildik. Raqib ham hisobni o'zgartirish uchun so'nggi daqiqalargacha kurashdi. 

O'yinga kelsak, qo'qonliklar bizga syurpriz tayyorlashdi. Boshida qiyinchilikka uchradik. Hammasini boshqatdan boshlashga va ayrim nuqtalarda o'zgartirish kiritishimizga to'g'ri keldi. Birinchi golni va ketidan ikkinchi, uchinchi golni urdik. Mezbonlar xarakter ko'rsatishdi. 

Agar penalti belgilanganida, bizga qiyin bo'lardi.


- "Qizilqum" taktikangiz asosida g'alaba qozondi. Birinchi taymda yaxshi o'ynadi, ammo ikkinchi taymda qo'qonliklar yaxshi ko'rinishdi. Bosh hakam Ilya Ilin ayrim vaziyatlarda xato qarorlar chiqardi, 2 ta penaltini bermaganday ham tuyuldi. Siz bu borada nima deya olasiz?

- Bilasizmi, men buni izohlab bera olmayman. Murabbiy hakam qarori bo'yicha fikr bildirsa, unga jarima qo'llanishi mumkin. Fikrimcha, bir holatda penalti bor edi. Ammo buni videolavhada ko'rib chiqishim kerak. To'g'ri, ikkinchi taymda "Qo'qon-1912" yaxshi o'ynadi. Biz 3:0 dan keyin himoyalanishga etibor qaratdik. Mezbonlar gol urishga harakat qilishdi, lekin bizda ham vaziyatlar yuzaga keldi. Umuman, bizga omad keldi va yutdik.

- G'alabadan keyin "Qizilqum"ning ochkosi 20 ga etib, etakchilar qatoriga ko'tarildi. Jamoa mavsum oxirigacha yuqori o'rinlarda qoladimi, bunga kuchi etadimi?

- Ha. Men ushbu bahs oldidan "Qizilqum" futbolchilari bilan natijalarimiz bo'yicha gaplashib olgandim. 5-6 ta jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda. Ko'ramiz, mavsum oxirida qanday ko'rinish hosil bo'larkan. Biz qadamma-qadam yuqorilab boryapmiz. Har doim yigitlarga kamroq xato qilishimiz kerakligi haqida aytaman. SHunda bizda muammo kuzatilmaydi. Aytishim mumkinki, "Qizilqum" yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

- Jamoa etakchilari Oleg Zoteev va Erkin Baydullaev "Paxtakor" bilan o'yingacha safga qaytadimi?

- O'ylashimcha, ular "Paxtakor" bilan o'yinda maydonga tushishga tayyor bo'lishadi. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda bir qarorga kelamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика