So’nggi yangiliklar

10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  10 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2

Niko Uilyams nima sababdan "Barselona"ga o'tmaganini aytdi Yangiliklar

Niko Uilyams nima sababdan "Barselona"ga o'tmaganini aytdi

"Atletik" futbolchisi Niko Uilyams klubida qolgani sababini aytdi.

Bu yozda 22 yoshli futbolchi Evropaning ko'plab grandlari etiborida bo'ldi. Ayniqsa, uning ismi "Barselona" bilan ko'p bog'landi. SHuningdek, PSJ, "Arsenal" va "CHelsi" ham futbolchiga "sovchi" jo'natgandi. Biroq Uilyams yakunda jamoasida qoldi.

"Albatta, katta klublar seni o'z rejalaringga kiritishsa yoqimli bo'ladi. Biroq men boshqalarga ham bu erda qolishni istayotganimni to'laqonli tushuntirib bera oldim. "Atletik"da - bu o'zgacha hissiyot, boshqa klublarda bunday bo'lmasa kerak. Bu jamoa uchun qo'limdan kelgancha yanada ko'proq yordam berishni sabrsizlik bilan kutyapman.

To'g'ri, takliflar ko'p bo'ldi, bu bilan agentim shug'ullandi. Yuragim "Atletik" bilan, undan tashqari, shartnomam ham bor, kelajakda nimalar bo'lib ketishini hech kim bilmaydi. Bu erda qolishni istayman, chunki jamoa bilan xalqaro o'yinlarda o'ynashni ancha vaqt kutdim", - dedi Niko Uilyams.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda "Atletik" Evropa ligasida o'ynaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика