JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida final uchrashuvida sensaciya qayd etildi
17 noy 2025 07:27
Yangiliklar
JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida final uchrashuvida sensaciya qayd etildi
Kecha Afrika qitasida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi guruh bosqichida o'z guruhida 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslarining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Finalda Nigeriya va Kongo DR bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Kongo DR terma jamoasiga kulib boqdi.
Shu tariqa, Kongo DR qitalararo pley-off musobaqasiga yo'llanma oldi va ushbu kichik turnirdagi g'alaba ularga JCH yo'llanmasini taqdim etadi.
JCH-2026 saralashi. Afrika
Pley-off. Final
Nigeriya — Kongo DR 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:4.
Gollar: Onieka (3) — Meshak (32).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar