So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  1 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Nematulla Qutiboev yana katta futbolga qaytmoqchi Yangiliklar

Nematulla Qutiboev yana katta futbolga qaytmoqchi

Qoraqalpog'iston futboli haqida gap ketganida eng avvalo tasavvurimizga birinchilardan bo'lib Nematulla Qutiboev keladi.

O'z davrining etuk hujumchilaridan biri bo'lgan Qutiboev qarshisidagi har qanday himoyachini butun o'yin davomida sarosimada ushlab turardi. Yakka kurashlardan sira o'zini olib qochmagan sobiq futbolchi, butsalarini mixga ilgach malum muddat murabbiy sifatida ham faoliyat yuritdi. Ammo so'nggi yillarda Qutiboev katta futbolda ko'rinish bermay qo'ydi. Pro-liganing eng kamtarona klublaridan biri bo'lgan “Orol” jamoasini uzoq yillar davomida musobaqada munosib ishtirok etishini taminlab kelgan Nematulla Qutiboev jamoada yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarga ortiq chiday olmadi va natijada istefoga chiqishni lozim topdi. So'ngra boshqaruv ruliga Temur Turdiev keldi va o'ynovchi murabbiy sifatida adashmasak ikki yil “Orol”ni boshqardi. Yaqinda Turdiev ham jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Aniqrog'i Temurni “So'g'diyona” ustozi Aleksandr Mochinov o'z yoniga chaqirib oldi. Xo'sh, endilikda Nukus jamoasini kim boshqaradi. Drijyorlik vazifasida yana Nematulla Qutiboevni ko'ramizmi? Bu borada murabbiyning o'zi nima deydi?

–    Ochig'ini aytganda, ancha vaqtdan beri katta futboldan uzoqdaman desam ham bo'ladi. Ayrim sabablarga ko'ra, biroz dam olmoqdaman. Nukus olimpiya zaxiralari kollejida ham faoliyat yuritayotgandim. Hozir u erda ham ishni to'xtatganman. To'g'risi, yana “Orol”ga qaytamanmi yo'qmi bu haqda tayinli bir gap aytishim qiyin. Jamoaga avvalo sidqidildan ishlash uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish lozim. Keyin astoydil eng shimarib ishlasangiz bo'ladi. Balki bizda ham vaqti kelib shunday bo'lar. (Kulib) Jamoani 8 yil mobaynida boshqargan bo'lsam, har yili yaxshi ham bo'lib ketar deya umid qilib ishladik. Kelgusi rejalar haqida aniq gap aytish qiyin. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Lekin yaqin orada katta futbolga qaytish niyatim bor. Sevgan kasbimni juda sog'inganman – deydi Qutiboev.

“Orol” jamoasi hozircha yig'inni boshlagani yo'q. Balki rahbariyat yaqin vaqt ichida jamoaga katta etibor qaratar.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика