So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

"Aral"ning 20 yoshli vingeri, peshqadamni yutgan murabbiy va Muborakdagi "qalqon" - Pro liga 4-tur laueratlari Yangiliklar

"Aral"ning 20 yoshli vingeri, peshqadamni yutgan murabbiy va Muborakdagi "qalqon" - Pro liga 4-tur laueratlari

Championat.asia sayti Pro liga 4-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi darvozaboni - Umidjon Hamroev ("Mashal")

"Mashal" bu turda o'z maydonida "SHo'rtan"ni qabul qildi. Qashqadaryo derbisida Asror Aliqulov shogirdlarining qo'li baland keldi. SHu kuni g'uzorliklar ham mezbonlar darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdi. Lekin ularning golga aylanishiga "Mashal" posboni Umidjon Hamroev yo'l qo'ymadi va bir nechta seyvlarni amalga oshirdi. Malumot uchun, "Mashal" joriy mavsumda hali o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgani yo'q. 


 "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi futbolchisi - Izzatilla Qutiboev ("Aral")

2004 yilda tug'ilgan Izzatilla Qutiboev bu yil "Aral" safida o'zining chaqqon harakatlari, individual sifatlari bilan ajralib turibdi. Futbolchini "Olimpik Mobiuz"ga qarshi kechgan o'yinda hech kim to'xtata olgani yo'q. U raqib darvozasini ishg'ol qilishdan tashqari jamoadoshlarining 2 ta goliga assistentlik ham qildi. 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi murabbiyi - Muhsin Nizomiddinov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" Farg'onada turnir jadvali peshqadami "Xorazm"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Muhsin Nizomiddinov shogirdlari yirik hisobdagi (3:0) g'alabani tantana qildi. Saytimiz talqiniga ko'ra, aynan Nizomiddinov turning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика