Nematilla Qutiboev: "Birinchi taymda yaxshi o'ynadik. Bugun vaziyatlardan ham yaxshi foydalandik"
26 apr 2023 21:42
Yangiliklar
Nematilla Qutiboev: "Birinchi taymda yaxshi o'ynadik. Bugun vaziyatlardan ham yaxshi foydalandik"
O'yin haqida
- O'yinga kelsak, o'zingiz ko'rdilaringiz. "Do'stlik" klubini yaxshi bilamiz, ular bilan mavsumdan avval ham o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgandik. Bugungi o'yinga ob-havo ham tasir o'tkazdi – yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda ayniqsa yaxshi o'ynadik. Bugungi o'yinda vaziyatlardan yaxshi foydalandik.
- Bugun tarkibda 60-70 % o'zgarish bo'ldi. SHu haqida gapirsangiz...
- Tarkibga kelsak, Salamat Qutiboev Samarqanddagi o'yinda jarohat olgandi. Bugungi o'yinda yosh o'yinchilarni sinab ko'rdik. Mavsum uzun va aynan shu o'yinchilarni bugun sinab ko'rdik.
- "Aral" jamoasining ushbu mavsum va o'tgan mavsumdagi o'yini orasidagi farq haqida nima deya olasiz?
- Bizda katta o'zgarish bo'lmadi. Tarkibning 60% qismi eski jamoadagi yigitlar. Mavsum boshida bizga lider futbolchilar kelib qo'shildi. Bugungi o'yinda deyarli o'tgan yildagi yigitlar o'ynashdi. Baribir, Pro ligada harakat qilgandan keyin yigitlar o'sadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar