So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  0 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  31 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  17 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

Nematulla Quttiboev: "Aslida "Lokomotiv"ni mag'lub etishimiz yoki durang bo'lishi kerak edi" Yangiliklar

Nematulla Quttiboev: "Aslida "Lokomotiv"ni mag'lub etishimiz yoki durang bo'lishi kerak edi"

"Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Aral" jamoasi bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli va raqobatbardosh o'yin bo'ldi. Menimcha, durang adolatli natija bo'lardi.

- Nima deb o'ylaysiz, agarda penalti gol bo'lganida o'yin qanday kechardi?

- Umuman boshqacha bo'lardi, ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" hujumkorroq o'ynardi. Bizda shu orqali qarshi hujumga chiqish imkoniyatlari oshardi. Penaltiga kelsak, "Andijon-SGS"ga qarshi o'yinda penaltini ushbu futbolchimiz tepgan va gol urgandi. Penaltini bilasiz, bu lotereya. 

- Mavsum endi boshlandi. Jamoangiz Siz xohlagan o'yinni ko'rsatyaptimi yoki bunga qancha vaqt kerak?

- Yigitlarga ham aytgandim, menimcha, besh o'yindan keyin jamoa o'yinini topib oladi va men o'ylagan futbolni namoyish qiladi. 

- "Lokomotiv" ikkinchi bo'limda hisobga qarab o'ynadimi yoki hujumkorlikka etibor bermadimi?

- Raqiblar, albatta, hisobga qarab o'ynadi. Tanaffusda futbolchilarga aytgandim, agarda gol urib olsak, ular asabiylashishni boshlaydi. SHu orqali "Lokomotiv" hujumga chiqishni boshlardi. Ular baribir hisobga qarab o'ynashdi. 

- Umumiy savol. Jamoadagi maqsad qanday va klubga etibor qay darajada?

- Bu jamoani o'tgan yili qo'limga oldim. SHaroitga kelsak, barchasi yaxshi. Moliyaviy tomondan muammo yo'q. Oldimizga qo'yilgan maqsadga kelsak - har o'yinda maydonga tushib, g'alabaga erishish. 

- Deylik, agarda o'yindagi barcha vaziyatlarda gol bo'lganida hisob qanday bo'lardi?

- Biz g'alaba qozonardik. 

- Malumki, qoraqalpoq futboli o'ziga yarasha tarixga ega. Asosan yaxshi hujumchilar etishtirib chiqarish bilan yodda qolgan. Masalan, Siz bu borada yorqin misolsiz. Undan keyin Azamat Allaniyazov chiqdi. Kelajakda shu kabi porlab chiqadigan futbolchilarni ko'ryapsizmi?

- Bugun o'ynagan Ruslan Qalmag'anbetov. Unga vaqt kerak. CHunki u ikkinchi ligadan chiqqan bola. Arislan Yusupbaev o'ynadi, 2003 yilgi bola. Bugun yaxshi o'yin o'tkazdi. SHu bolalar bilan ishlasa, kelajakda yaxshi hujumchilar chiqadi.

- Bugun Sizningcha, "Lokomotiv" Siz kutgan o'yinni namoyish qilib bera oldimi?

- "Lokomotiv"da maqsad boshqacha. Ularda futbolchilarning darajasi ham kuchli. Lekin o'yindan oldin yigitlarga raqibni asabiylashtirish kerak deb aytgandim. Vaziyatlarimizdan, penaltidan gol ura olmadik. Agarda gol urib olganimizda, barchasi boshqacha bo'lardi. Ammo "Lokomotiv" men kutgan o'yinni ko'rsata olmadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика