So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Nematillo Quttiboev: “Yo'qotishlar pand beryapti” Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: “Yo'qotishlar pand beryapti”

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan “Aral” - “Olimpik MobiUz” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda o'yin nazorati to'liq biz tomonda edi. Imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. G'alaba qozonish uchun yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantirish kerak. Ikkinchi bo'limda mehmonlar o'z vaziyatidan foydalanib, darvozamizga gol kiritishning uddasidan chiqishdi. 

- Jamoaning jismoniy holati qanday?

- Jismoniy holatimiz joyida. Biz bugungi o'yinda raqibdan jismoniy jihatdan ortda qolmadik. 

- Salamat Quttiboev va Arislan Yusupbaevlar haqida …

- Salamat Quttiboevda jarohat bor, tiklanishi uchun vaqt kerak. Arislan ham deyarli shunday vaziyatda. Muolajalarni olishayapti, tez orada safga qaytishlaridan umid qilamiz.

- “Aral” jamoasi birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Ikkinchi bo'limda esa pasayish yuzaga keldi. Buni qanday izohlaysiz?

- Yo'qotishlarimiz bor, jarohatlar, diskvalifikaciyalar. Salamat Quttiboev va Arislan Yusupbaevlarda jarohat bor. Ayni damda shunaqa vaziyatdamiz. Yo'qotishlar pand berayapti. Ikkinchi bo'limda ham yomon o'ynadik deb ayta olmayman. Vaziyatlarimiz ham bo'ldi, foydalana olmadik. Himoyada etiborni yo'qotdik, raqib birgina vaziyatidan foydalanib ketdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика