Nematillo Quttiboev: “Aral”da jarohatlar ko'p uchrayapti”
25 sen 2024 09:40
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: “Aral”da jarohatlar ko'p uchrayapti”
O'yin haqida
- Birinchi bo'limda teng kurashlar ostida o'tgan o'yin guvohiga aylandik. Biroq, ikkinchi bo'limda himoya chizig'imiz xatolarga yo'l qo'ydi. Yakunda bugungi uchrashuvni boy berdik. Muxlislardan uzr so'rayman.
- “Aral” jamoasi mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolayotganiga sabab nimada?
- Jarohatlar ko'p uchrayapti. Bugun ham ikki nafar asosiy tarkib futbolchimiz o'ynay olmadi.
- Jamoada jarohatlar ko'pligi suniy maydondagi o'yinlar tufaylimi?
- Bu haqida bir narsa deyish qiyin. Suniy maydon desangiz, hozir tabiiy maydonda ham o'ynayapmiz.
- “Xorazm” va “Aral” o'rtasidagi o'yinlar har doim shiddatli kechgan. Biroq, bugun jamoangiz ko'p jihatlarda o'yinni boy berdi. Buning sababi nimada?
- To'g'ri aytdingiz, bugun raqibga boy bergan jihatlarimiz bo'ldi. Masalan yakkakurashlarda ko'proq mezbon futbolchilar ustun kelishdi. Tanaffusda shu haqida aytdik, biroq ikkinchi bo'limda ham hech narsa o'zgarmadi.
- Sizningcha, qachon vohada Nematillo Quttiboev kabi hujumchilarni ko'ramiz?
- Hozir 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida terma jamoada o'ynayotgan yosh futbolchilar bor. Balki shulardan chiqar deb umid qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar