So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Negredosi bor “Al Nasr” haqida Yangiliklar

Negredosi bor “Al Nasr” haqida

Bugun Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Paxtakor" klubi BAAda “Al Nasr” klubi mehmoni bo'ladi.

1945 yil tashkil etilgan “Al Nasr” sport klubi bugunga qadar 3 marta BAA chempioni bo'lgan. "Al Nasr"ning futboldan tashqari futzal, voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, suzish, velosport, engil atletika va jiu-jitsu kabi sport turlarida o'z jamoasi mavjud.

Ayni paytda jamoani ispaniyalik murabbiy Benyat San Xose boshqarib bormoqda. U murabbiylik faoliyatini "Real Sosedad" yoshlar jamoasida boshlagan. Hozirga qadar "Al Ittihod" va "Al Ittifoq" (Saudiya Arabistoni), "Antofagasta" va "Universidad Katolika" (CHili), "Bolivar" (Boliviya) klublarida ishlagan. 2013 yil "Al Ittihod" bilan birga Saudiya Arabistoni Qirol kubogini qo'lga kiritgan. 2017 yil "Bolivar"ni Boliviya chempioni qilgan. O'tgan yil esa "Universidad Katoliya"ni CHili chempioniga aylantirgan. 2019 yil 2 yanvaridan boshlab “Al Nasr” bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.



"Al Nasr" klubi o'z tarixida uch bor Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida o'ynagan. Faqat bir bor, 2016 yil guruhdan chiqqan va chorak finalga qadar etib borgan. 2013 yil OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun pley-offda "Al Nasr" o'z maydonida "Lokomotiv"ni 3:2 hisobida mag'lub etgandi.  2016 yilda esa "Al Nasr" guruh bosqichida "Lokomotiv" bilan ikki bor o'yin o'tkazgan. Dubaydagi uchrashuv 1:1, Toshkentdagi o'yin 0:0 hisobida yakuniga etgan.

Jamoa Osiyo chempionlar ligasi uchun to'rt nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazdi. Bular himoyachi Jon Umari (Livan), hujumchilar Ronni Allan Fernandez (CHili), Alvaro Negredo (Ispaniya) va Serxio Dutra Junior (Braziliya). Legionerlar orasida ko'pchilik ispaniyalik Alvaro Negredoni yaxshi tanisa kerak. Faoliyati davomida "Real Madrid", "Sevilya", "Manchester Siti", "Valensiya", "Beshiktosh" kabi mashhur klublarda o'ynagan hujumchi 2012 yil Ispnaiya terma jamoasi safida Evropa chempioniga aylangan. 2014 yil "Siti" tarkibida Angliya premer-ligasida chempionlikka erishgan.

Ushbu mavsumda "Al Nasr" 15ta turdan so'ng 16 ochko to'plab, 14ta klub orasida 9-o'rinni egallab turibdi. Negredo bu mavsum hozircha 11ta gol urishga erishdi. "Al Nasr" BAA chempionatidagi oxirgi 6ta o'yinda faqat bir bor g'alabaga erishdi. So'nggi uchta uchrashuvda umuman g'olib bo'la olmadi.




"AL-NASR" (BAA)
Laqabi:
"Ko'klar"
SHahar: Dubay
Tashkil etilgan sana: 1945 yil
Uy stadioni: "Al Maktum"
Sig'imi: 15000
Klub xo'jayini: SHayx Hamdam bin Rashid Al Maktum
Bosh murabbiy: Benyat San Xose (Ispaniya)
Rasmiy sayti: www.alnasrclub.com

Sovrinlari:
BAA chempioni - 3 marta
BAA prezidenti kubogi sohibi - 4 marta
BAA Federaciya kubogi sohibi - 3 marta
BAA kubogi sohibi - 1 marta
Arab Ko'rfazi Superkubogi sohibi - 2 marta
Fors Ko'rfazi chempionlar ligasi g'olibi - 1 marta




“Al Nasr” (BAA)
Darvozabonlar

12.Ahmad SHambih
35.G'ayt Hussayin
44.Ibrohim Eysa
96.Muhammad Yusuf

Himoyachilar

2.Muborak Said
6. Mahmud Hamis
18.Ahmad Ibrohim
20.Masud Sulaymon
21.Muhammad Ali Ayed
25.Muhammad Sarvashi
30.Jon Umari (Livan)
32.Xalifa Muborak G'anim
92.Said Ali Suvaydan

Yarim himoyachilar
4.Xolid Jalol
5.Tariq Ahmad
10.Xabib Al Fardan
15.Al Husayin Solih
16.Amir Muborak
17.Jassim Yoqub
29.Ali Hussayin
49.Muhammad Ibrohim
70.Rashid Muhammad
83.Muhammad Abdulrahmon

Hujumchilar
8.Muhammad Al Akbari
9.Ronni Allan Fernandez (CHili)
11.Alvaro Negredo (Ispaniya)
23.Serxio Dutra Junior (Braziliya)
33.Salim Solih


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика