Runi: "Bu "Manchester Yunayted" emas. Men bu futbol klubini tanimayapman"
29 sen 15:51
Yangiliklar


Runi: "Bu "Manchester Yunayted" emas. Men bu futbol klubini tanimayapman"
"Bu "Manchester Yunayted" emas. Men bu futbol klubini tanimayapman.
Men o'yinchilar kurashayotganini umuman ko'rmayapman. Men hech qanday xarakter ko'rmayapman. G'alaba qozonish istagi yo'q, hech qanday qobiliyat mavjud emas. Uchrashuvda g'alaba qozonish salohiyatiga ega futbolchilarni ko'rmayapman. Meni hech narsa hayratda qoldirmayapti.
"Yunayted" ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozona olmaganini eslay olmayman. Menimcha, klub egalaridan aniq va ravshan xabar bo'lishi kerak. Bu xoh Gleyzerlardag bo'lsin, xoh Retkliffdan. Bu klub qaerga qarab ketayotgani haqida tushuncha berilishi kerak. Chunki hozir hammamiz uning qulash vaqtini kutib o'tiribmiz", – dedi Runi.
Malumot o'rnida, "Manchester Yunayted" 6 o'yindan so'ng 7 ochko to'plab, musobaqa jadvalida 14-o'rindabormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Har xil murabbiy keldi. Hech biri eplay olmayapti.
Har xil o'yinchilarni deyyarli "haydab yuborildi". Lekin "haydalib ketganlar"ning ko'pchiligi boshqa joyda nisbatan yaxshiroq o'ynayapti.
Muxlislar maksimal darajada sabr qilyapti. Ya'ni muxlislardan hech qanaqa "daxshatli" bosim yo'q.
Ma'muriyat pul beryapti.
Demak muammo boshqaruvda. Masalan murabbiy o'zi istagandek erkin ishlay olmayotgan bo'lishi mumkin. Har xil afsonalarning "sezilarli aralashuvi" baribir jiddiy ta'sir ko'rsatyapti.