So’nggi yangiliklar

15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  0 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  4 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  2 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  6 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  0 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10 13:24Амир Тўрақулов: "Ишонч, умид, муҳаббат" ибораси жамоамиз шиорига айланган"  0 12:55"Реал" афсонавий дарвозабон вафот этганини эълон қилди  0 12:28"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 12:00Футзал бўйича Олий лига. БМБ 10 та гол урди, ОКМК ва "Локомотив"да ишончли ғалаба  1 11:25"Қайрат" ва "Реал" ўртасидаги тарихий тўқнашувнинг бош ҳаками маълум  8 10:43Италия терма жамоаси собиқ устози "Ал Иттиҳод" бош мураббийи бўлиши мумкин  0 10:15"Реал" сардори бир ойга сафдан чиқди  6 09:41"Манчестер Сити" етакчиси EЧЛнинг 2-турида тушмаслиги мумкин  6

"Navbahor" futbolchisi shartnomani bir taraflama bekor qildi. Klub bir necha oylik ish haqi bo'yicha qarzdor Yangiliklar

"Navbahor" futbolchisi shartnomani bir taraflama bekor qildi. Klub bir necha oylik ish haqi bo'yicha qarzdor

"Navbahor" futbol klubi va futbolchi Shahzod Ubaydullaev o'rtasidagi mehnat shartnomasi futbolchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilingani O'FA qo'mitasi tomonidan tasdiqlandi.

Futbol klubidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni undirib berish hamda mehnat shartnomasi futbolchi tomonidan muddatidan oldin bekor qilinganligini tasdiqlashni so'rab murojaat yo'llagan Ubaydullaevning arizasi 2025 yilning 25 sentyabr kuni O'FA Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Qo'mitaga taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagilar malum bo'ldi:

- klub va futbolchi o'rtasida 2024 yilning 8 dekabr kuni mehnat shartnomasi tuzilgan;

- mehnat shartnomasining amal qilish muddati 2026 yilning 30 noyabr sanasigacha bo'lgan;

- klubning futbolchi oldida bir necha oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud;

- futbolchi klubga shu yilning 27 avgust kuni “Futbolchilar maqomi va transferi reglamenti”ning 14bis-moddasiga asosan ikki oylik maoshidan ortiq ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar to'lanmaganligi sababli klub o'z moliyaviy majburiyatlarini to'liq bajarishi uchun 15 kalendar kuni muddat bergani bo'yicha murojaat yo'llagan va unda shartnomani bir taraflama bekor qilish huquqidan foydalanishi to'g'risida klubni ogohlantirgan;

- shu yil 20 sentyabr kuni futbolchi klubga takroriy murojaat qilib, belgilangan muddatda qarzdorlik to'lab berilmagani, endilikda mehnat shartnomasini o'z tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilganini malum qilgan.

Malum bo'lishicha, futbolchi “Futbolchilar maqomi va transferi reglamenti”ning 14bis-moddasi bo'yicha ketma-ketlikka to'liq rioya qilgan. O'zaro muhokamalardan so'ng O'FA Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi "Navbahor lochinlari" futbol klubi va Shahzod Ubaydullaev o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi futbolchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinganini tasdiqladi hamda vujudga kelgan qarzdorlik bartaraf etilishini taminlash yuzasidan futbol klubiga majburiyat yuklash bo'yicha qaror qabul qildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
29 sen 15:11:06
Samsung
Shu Navbaxorni " qo'shnimning iti" dan ham qarzi bor a ey?!
   
29 sen 16:15:40
bekaka
Навбахор молиявий муаммоларга тушиши яхшимас
Баркарорлашса яхши бу́ларди интригани ушлаб колишса барчага манфаатли булса кк
Убайдуллаевни кейинги фаолиятига омад
   
29 sen 16:00:57
Баходир Милан
Zohidjon Usarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Пул сурагани уялса булар эди имконият берилди хужумчи булиб ассистлик 0,гол 0 яна устига наманганлик.
Бепул иш бор ўзизи кўрсатишга имконият берилади ишлайсизми?
   
29 sen 15:10:24
Doktor D
Навбахррни расво килишаркан.да охири
   
29 sen 15:10:00
Zohidjon Usarov
Пул сурагани уялса булар эди имконият берилди хужумчи булиб ассистлик 0,гол 0 яна устига наманганлик.
   
29 sen 14:47:42
Ўзбек футболининг муҳлиси
Оббо, яна бошланди...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика