Kalmurza: "Real"ga qarshi butun mamlakat uchun o'ynaymiz"
29 sen 14:22
Yangiliklar
Kalmurza: "Real"ga qarshi butun mamlakat uchun o'ynaymiz"
"Qayrat"ning yosh darvozaboni Sherxan Kalmurza Chempionlar Ligasining 2-turi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yindan nimalarni kutiayotganini takidladi.
"Bu juda katta masuliyat. Bu o'yinda nafaqat klub, balki mamlakat sharafi himoya qilinadi. O'ylaymanki, butun MDH bizni qo'llab-quvvatlaydi. Qozog'iston yorqin istedodlarni rivojlantirishga qodir ekanligi va futbolimiz hurmatga loyiq ekanligini ko'rsatishimiz kerak. Raqibning maqomidan qati nazar o'z o'yinimizni namoyish etishimiz muhim", – dedi 18 yoshli posbon.
Kalmurza Aleksandr Zaruckiy va Temirlan Anarbekovning jarohatidan so'ng "Qayrat"ning birinchi raqamli darvozaboni bo'ldi.
"Qayrat" – "Real" uchrashuvi 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar