So’nggi yangiliklar

07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  1 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  1 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  165 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  4 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  15 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  79 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  317 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  8

"Nega har doim boshqalarni ayblaysiz? Nega o'yindan bir kun oldin TV shoularda qatnashib yurgandingiz?" - iroqlik jurnalistlar bosh murabbiyni ayab o'tirishmadi (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

"Nega har doim boshqalarni ayblaysiz? Nega o'yindan bir kun oldin TV shoularda qatnashib yurgandingiz?" - iroqlik jurnalistlar bosh murabbiyni ayab o'tirishmadi (to'liq matbuot anjumani)

Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Iroq va Iordaniya (2:3) terma jamoalari o'rtasidagi dramat o'yindan so'ng, iroqliklar bosh murabbiyi Xesus Kasas Garsiya matbuot anjumanida qatnashdi.

Juda asabiy o'tgan anjumanda murabbiyga ham to'g'ri manoda, ham ko'chma manoda hujum bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Iroq termasi Iordaniyaga qarshi o'yinni 2:1 hisobida yakunlashga yaqin edi, ammo qo'shib berilgan daqiqalarda urilgan ikki gol iordaniyaliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi. Quyida matbuot anjumanini to'liq holda taqdim etamiz.

- Murabbiyning o'yin haqidagi fikri qanday?

- Birinchi bo'limda uchrashuvni nazorat qilgandik. Qarshi hujumlar juda o'tkir chiqdi va xato sabab gol o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda ham o'yinni boshqargandik. SHundan so'ng, siz ko'rgan ishlar yuz berdi.

- Janob murabbiy, bu mag'lubiyat bo'yicha masuliyatni o'z bo'yiningizga olasizmi?

- Osiyo kubogidek katta musobaqada o'yinchilarni golni nishonlamaslikga majbur qila olmayman. Iordaniya o'z golini Ayman kabi nishonladi, lekin ularga qarshi hech qanday chora ko'rilmadi.

- Janob Xesus, siz nega har doim boshqalarni ayblaysiz? Qachon aybni o'zingizdan qidirasiz? Nega o'yindan bir kun oldin TV shoularda qatnashib yurgandingiz?

- Sizning fikringizcha, bugungi mag'lubiyatga men TVga bergan intervyu sababmi? Oldingi o'yinlarda ham har safar intervyular berdim. Aksincha, mendan ko'proq gapirishni so'ragandingiz. Birinchi mag'lubiyatimizdan so'ng, bu narsalarni eslay boshladingizmi?

- Janob murabbiy, terma jamoa sizning davringizda yaxshi o'sishga erishdi. Bunisiga shubha yo'q. Fikrimcha, siz Iroq xalqi madaniyatini anglab etmadingiz. Qatardagi Iroq terma jamoasi istiqomat qilayotagan mehmonxonaga istalgan odam kirib chiqa oladi. Siz futbolchilarni himoya qila olmadingiz. SHunga o'xshash sabablar tufayli bugun Iroq o'yinchilari intizomli o'yin ko'rsata olishmadi...

- Nega Yaponiyani mag'lub qilganimizda shu muammolar haqida bir og'iz ham gapirganmidingiz? Mag'lub bo'lishimiz bilan shuncha narsa yuzaga chiqib kelyapti. Menining boshqa javobim yo'q.

- Iroq termasi himoya va qanotlarda sust o'ynadi. O'yinchilarning intizomi bugun yomon edi. Ayman Hussayn o'z golini keragidan ortiq nishonlab yuborishiga sabab nima? Bu jamoada intizom yo'qligidan emasmi?

- Ha, shunday.

SHundan so'ng, juda asabiy holdagi iroqlik jurnalistlar matbuot anjumani o'tkazilayotgan xonada tartibsizlik amalga oshirishdi. Hech kim bir birini eshitmas, murabbiy tomon tinimsiz savollar berilardi. Murabbiyning javoblarini eshitishni istamagan iroqlik aksariyat jurnalistlar matbuot anjumanini tark etishga kirishishdi. Ularning orasidan bazilari bosh murabbiy Xesus Kasas Garsiyaga hujum qilishga urinishdi. OFK xodimlari va qo'riqchilar Iroq terma jamoasi bosh murabbiyini himoya qilishdi va iroqlik bazi jurnalistlarni matbuot anjumani o'tayotgan xonadan chiqarib yuborishga majbur bo'lishdi.

- Iroq va Iordaniya termalari golni bir xil nishonlashdi, ammo hakam faqat Aymanni jazoladi. Bunga fikringiz qanday?

- Albatta, birinchi kundan beri bir xil tizimda o'ynadik. Birinchi mag'lubiyatimizdayoq bu kamchiliklar haqida gapirishni boshlashdi.

- Janob murabbiy, bugungi mag'lubiyatni o'z bo'yningizga olasizmi? O'yin davomidagi qaysi qaroringizdan afsuslandingiz?

- Muammo shundaki, qizil kartochka eng keraksiz paytda olindi. Biz barcha o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lgandik. Bizda boshqa imkoniyat qolmagandi. Menining fikrimcha, barchasiga qizil kartochka sabab bo'ldi.

- Yaponiyani mag'lub qilganingiz Osiyo kubogini tark etish sabablaringizdan birimi? Iroqlik jurnalistlarning hozirgi holatlaridan so'ng terma jamoadagi taqdiringiz haqida nima deya olasiz?

- Yaponiya bilan o'yinda faqat foydali narsa oldik. Bu hech narsani o'zgartirmadi. Iroqlik jurnalistlarning bunday jazavaga tushishganidan biroz xafaman. Menga nisbatan bunday hujum bo'lishini kutmagandim. Hafsalam biroz pir bo'ldi. Kelajagimga kelsak, hammasi joyida. Oldinda Jahon chempionati saralashi bor.Men muxlislardan faxrlanaman. G'alaba va mag'lubiyatda ham muxlislar yonma yon turishi kerak. Biz bu musobaqada qilgan barcha ishimizni etarlicha qadrlashadi deb o'ylayman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика