So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  21 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  1 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

"Neftchi"ning bugungi mashg'ulotidan reportaj + Sirojiddin Qo'ziev va SHerzod Karimov bilan intervyu Yangiliklar

"Neftchi"ning bugungi mashg'ulotidan reportaj + Sirojiddin Qo'ziev va SHerzod Karimov bilan intervyu

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi ikkinchi davraga hozirlikni Toshkent shahrida olib bormoqda.

Kechadan etiboran mashg'ulotlarga kirishgan jamoa azolari poytaxtimizda joylashgan "Bunyodkor" akademiyasi maydonida shug'ullanmoqda. Mashg'ulotlarda futbolchilar jismoniy jihatdan tiklanish mashqlarini olib borishdi.

Vitaliy Levchenkoga bevosita yaqindan Vladimir Ejurov, Anvar Norqulov ko'maklashyapti. Darvozabonlar bilan esa Farruh Berdiev shug'ullanmoqda, deya olamiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Milan CHirich 10 iyul kuni klub ixtiyoriga etib keladi. Jamoani ayni paytga qadar Marko SHarich rasman tark etgan. SHahzod Ubaydullaev va Abror Ismoilov malum bir sabablarga ko'ra klub bilan birga emas. Bu haqida batafsil yana xabar beramiz. 

Championat.asia muxbiri Abdulaziz Iskandarov bugun bo'lib o'tgan mashg'ulotlar avvalida birinchi davrada "Neftchi" to'purari bo'lgan Sirojiddin Qo'ziev hamda SHerzod Karimovning fikrlarini tingladi. 

"Birinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. Buni turnir jadvali ham aytib turibdi. Xudo xohlasa vaziyatni o'nglashimizga ishonaman. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Hozirda yangi murabbiy qo'l ostida tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ortda qolgan o'yinlarda hujumchilarimiz ham borlarini berishdi. Lekin omad kelmadi. Gollarim bilan jamoamga foydam tegsa xursand bo'laman. Muhimi jamoa g'alabasi. Vitaliy Levchenko bilan endi ikkinchi kun ishlashimiz. Oldinda rasmiy o'yinlarga qadar vaqt bor. Mashg'ulotlarda astoydil ishlaymiz",- deydi Sirojiddin Qo'ziev. 

"Baribir jarohat va yo'qotishlar o'z so'zini aytdi. Yutadigan o'yinlarda mag'lubiyatga uchradik. Ketma-ket ochko yo'qotishlardan so'ng jamoani o'ziga kelishi qiyin bo'ldi. O'ylaymanki, oldindagi bahslarda xatolarni takrorlamaymiz. Ayni paytda rahbariyat, murabbiylar shtabi o'zgardi. Farg'ona futbolini yuqoriga ko'tarishimiz kerak. 

Kam o'yin amaliyoti berilganidan xafa emasman. Sabr qilib chidadim. O'z imkoniyatimni kutdim. Tanaffusda o'z ustimda ishlab ikkinchi davrada yaxshi o'yinlarimni ko'rsataman, deb o'ylayman. Tez kunlarda maydonda ko'rinish berib qolaman",- deydi SHerzod Karimov.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика