So’nggi yangiliklar

18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  0 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  0 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  1 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  2 15:49​"Фиорентина" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:24Хаби Алонсо "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан дадил баёнот берди  8 14:58Артета футбол ташкилотларидан "Арсенал" футболчиларини ҳурмат қилишни талаб қилди  4 14:33"Насаф" "Ал Ваҳда"га имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:09Игорь Сергеев: "Агар сиз ўзингизни ўйлаб ўйнасангиз, ҳеч нарса ўхшамайди"  4 13:48Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Жаҳон чемпионатида Англия ва Франция иштирокидаги ўйинларда ишлайди  2 13:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон учрашувида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  12 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0

"Neftchi"da xorvatiyalik murabbiylar ish boshladi Yangiliklar

"Neftchi"da xorvatiyalik murabbiylar ish boshladi

Davr taqozosi va ichki imkoniyatlarni ishga solish maqsadida "Neftchi" futbol klubi rahbariyati murabbiylar shtabini legioner mutaxassislar bilan mustahkamlashga qaror qildi.

Xorvatiyalik Zoran Vulich va Mladen Praliya bundan buyon bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovga yordamchi murabbiy va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida yordam beradilar. Farg'ona futbolchilariga mahorat va malaka oshirishda amaliy yordam ko'rsatadilar. Ular nafaqat Xorvatiya, balki, Evropa, Osiyo va Amerika futbol klublarida faoliyat yuritib, katta tajriba va mahorat egasi sifatida muxlislar va mutaxassislar etiborini qozonishgan.

Zoran Vulich futbolchilik faoliyatini Xorvatiyaning "Xayduk" klubida boshlagan. So'ngra Ispaniyaning "Malorka" va Franciyaning "Nant" klublarida mahoratini namoyish etgan. 1998 yildan jonajon klubi "Xayduk"ka bosh murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik Rossiyaning" Luch-Energiya", Xorvatiyaning "Split", Moldovaning" SHerif", Qozog'istonning "Atirau", Greciyaning" Appolon Smirnis" jamoalarida faoliyat yuritgan mutaxassis o'z mamlakatining 19 yoshlilar terma jamoasiga rahbarlik qilgan.

Mladen Praliya ham futbol olamining tajribali mutaxassisi sifatida keng jamoatchilikning etibori va izzat-hurmatini qozonib kelmoqda. Xorvatiyaning "Xayduk", Germaniyaning "Gamburg" klubida malaka va mahoratini oshirib, murabbiylik faoliyatini Singapurning "Singapur Armed Forses" jamoasida davom ettirgan. Kasbdoshi Zoran Vulich bilan Vladivostokning "Luch-Energiya" klubi rivojiga munosib hissa qo'shgan.




"Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика