"Neftchi": futbolchi va ikki murabbiy bilan shartnomalar uzaytirildi
24 dek 2023 19:11
Yangiliklar
"Neftchi": futbolchi va ikki murabbiy bilan shartnomalar uzaytirildi
"Bilolxon Toshmirzaev "Neftchi"ning mahoratli o'yinchilaridan biri. 2023 yil mavsumida u qator masuliyatli uchrashuvlarda hujumkor o'yin ko'rsatib, jamoa g'alabalariga munosib hissa qo'shib kelayotganligi bois muxlislar va murabbiylar ishonchini qozongan. Bilolxon o'z mahoratini 2024 yilgi mavsumda ham shu jamoada davom ettirishga qaror qilib, shartnoma muddatini uzaytirishga imzo chekdi.
"Neftchi"da yangi jamoani shakllantirish ishlari davom etmoqda. Bugun shu erda jismoniy tarbiya bo'yicha murabbiy bo'lib ishlayotgan Anvarjon Norqulov, darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdievlar o'z faoliyatini 2024 yilda ham "Neftchi"da davom ettirishga qaror qilganligini aytib, shartnomaga imzo chekdilar.
Ularga yangi mavsumda kuch-quvvat, omad va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz", — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" o'tgan mavsum O'zbekiston chempionatini 5-o'rinda yakunladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar