So’nggi yangiliklar

13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  0 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  0 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  6 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  3 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  4 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  5 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  24 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  12 08:25УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  1 07:58Ла Лига жамоаси кетма-кет бешинчи ғалабасидан сўнг "Манчестер Юнайтед"ни масхара қилди  2 07:30Суперлига. Бугун 28-турга старт берилади  12

"Neftchi", "Andijon", "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" futbolchilari jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari Yangiliklar

"Neftchi", "Andijon", "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" futbolchilari jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

 Superliga

“Paxtakor” — “Qizilqum”

O'zbekiston Superligasining 25-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 50-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Roman Papariga to'p uchun kurashda oyog'i bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Roman Paparigaga (Qizilqum) 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Alijonov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan. Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Hojiakbar Alijonovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Shohruz Norxonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan. Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shohruz Norxonovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Andijon” — “Sho'rtan”

Superliga chempionatining 25-turi doirasidagi “Andijon” — “Sho'rtan” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Erjan Tokataev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Erjan Tokataevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Abdulvohid G'ulomov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdulvohid G'ulomovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — OKMK

Superliga chempionatining 25-turi doirasidagi “Neftchi” — OKMK uchrashuvining 72-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Boyan Ciger o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Boyan Cigerga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Anvarjon G'ofurov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Anvarjon G'ofurovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Xorazm” — “Paxtakor”

O'zbekiston Superligasining 26-turi doirasidagi “Xorazm” — “Paxtakor” uchrashuvining 89-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Shahrom Samiev to'p uchun kurashda tirsagi bilan raqib futbolchisining elkasiga zarba bergani, shuningdek, “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Zaid Tahsin ham tirsagi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahrom Samievga (Xorazm) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Zaid Tahsinga (Paxtakor) nisbatan esa 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” — “Mashal”

Superliga chempionatining 26-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Mashal” uchrashuvining 60-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir To'raqulov to'p uchun kurashdan so'ng yotgan holda raqib futbolchisining qorin qismiga oyog'i bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Amir To'raqulovga (Bunyodkor) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Andijon”

Superliga chempionatining 26-turi doirasidagi “Surxon” — “Andijon” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Ismoil Akinade to'p uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun qizil unga kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ismoil Akinadega (Andijon) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlari” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Nasaf” uchrashuvining 68-daqiqasida “Nasaf” jamoasi murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shuhrat Toshpo'latovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Sho'rtan” — OKMK

Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “Sho'rtan” — OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Javohir Ilyosov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Javohir Ilyosovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — “Surxon”

Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “Neftchi” — “Surxon” uchrashuvidan so'ng “Surxon” jamoasi texnik direktori Nurali Nurullaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nurali Nurullaevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “So'g'diyona” — “Qizilqum” uchrashuvining 17-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Shohruz Norxonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shohruz Norxonovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Mashal” — “Qo'qon-1912”

Superliganing 27-turi doirasidagi “Mashal” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Abdug'afur Haydarov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdug'afur Haydarovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Andro Giorgadze hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Andro Giorgadzega jarima intizom chorasi qo'llanildi.


O'zbekiston Kubogi

“Paxtakor” — “Buxoro”

O'zbekiston Kubogi final doirasidagi “Paxtakor” — “Buxoro” uchrashuvining 103-daqiqasida futbolchilar o'rtasida tartibsizlik kelib chiqqan va rasmiylar maydonga chiqib ketgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Paxtakor” klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

“Olimpik” — “Jayxun”

Pro liga chempionatining 17-turi doirasidagi “Olimpik” — “Jayxun” uchrashuvining 68-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Azizbek Umirbekov to'p uchun kurashda oyog'i bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Azizbek Umirbekovga (Jayxun) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“FarDU” — “Aral”

Pro liganing 18-turi doirasidagi “FarDU” — “Aral” uchrashuvining 66-daqiqasida “Aral” jamoasi futbolchisi Nizomiddin Ziyavutdinov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nizomiddin Ziyavutdinovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Jayxun” — “Lokomotiv”

Proliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Jayxun” — “Lokomotiv” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Jayxun” jamoasi murabbiyi Aybek Nurbaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Aybek Nurbaevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

 

Birinchi liga

“Qumqo'rg'on-1977” — “Xorazm FA”

Birinchi liga chempionatining 17-turi doirasidagi “Qumqo'rg'on-1977” — “Xorazm FA” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Qumqo'rg'on-1977” jamoasi futbolchisi Suxrob Ergashev to'p uchun kurashda oyog'i bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Suxrob Ergashevga (Qumqo'rg'on-1977) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) qo'llanildi.


 “Toshkent vil FA” — “Bunyodkor-farm”

Birinchi liga chempionatining 18-turi doirasidagi “Toshkent vil FA” — “Bunyodkor-farm” uchrashuvining 58-daqiqasida “Toshkent vil FA” jamoasi futbolchisi Muslimbek Hasanov to'psiz vaziyatda oyog'i bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Muslimbek Hasanovga (Toshkent vil FA) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) qo'llanildi.


“Bog'dod” — “Namangan FA”

Birinchi liga chempionatining 17-turi doirasidagi “Bog'dod” — “Namangan FA” uchrashuvida “Bog'dod” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda qator kamchiliklarga yo'l qo'yganligi aniqlangan. “Birinchi liga reglamenti”ning 13.1-bandida futbol jamoasi reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Bog'dod” klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Lokomotiv-BFK” — “Cementchi”

Birinchi liga chempionatining 17-turi doirasidagi “Lokomotiv-BFK” — “Cementchi” uchrashuvida o'yin video tasviri uchrashuv komissariga taqdim etilmaganligi qayd etildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Lokomotiv-BFK” klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-21 chempionati

“Andijon” U-21 — “Sho'rtan” U-21

U-21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Andijon” U-21 — “Sho'rtan” U-21 uchrashuvining 70-daqiqasida “Sho'rtan” U-21 jamoasi futbolchisi Mahmud Jo'raboev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mahmud Jo'raboevga (Sho'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvining 78-daqiqasida “Sho'rtan” jamoasi futbolchisi Azizbek Rajabboqiev to'p uchun kurashdan so'ng oyog'i bilan raqib futbolchisining bel qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Azizbek Rajabboqievga (Sho'rtan) 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) qo'llanildi.

Shuningdek, “Sho'rtan” U-21 jamoasi murabbiyi Komil Jo'raev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Komil Jo'raevga (Sho'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

86-daqiqaga kelib “Andijon” U-21 jamoasi futbolchisi Asadbek Xabibullaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Asadbek Xabibullaevga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” U-21 — “Mashal” U-21

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Bunyodkor” U-21 — “Mashal” U-21 uchrashuvining 90-daqiqasida “Mashal” jamoasi futbolchisi Ahrorbek Rahimov to'p uchun kurashda oyo'gining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ahrorbek Rahimovga (Mashal) 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) qo'llanildi.


“Mashal” U-21 — “Xorazm” U-21

U-21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Mashal” U-21 — “Xorazm” U-21 uchrashuvining 90-daqiqasida “Xorazm” U-21 jamoasi futbolchisi Jamshid Zeripbaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jamshid Zeripbaevga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


 “Neftchi” U-21 — OKMK U-21

U-21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Neftchi” U-21 — OKMK U-21 uchrashuvining 90+2-daqiqasida OKMK U-21 jamoasi futbolchisi Ali Rixsiboev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ali Rixsiboevga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” U-21 — “So'g'diyona” U-21

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Buxoro” U-21 — “So'g'diyona” U-21 uchrashuvining 77-daqiqasida “Buxoro” U-21 jamoasi futbolchisi Isomiddin Nusratov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Isomiddin Nusratovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” U-21 — “Mashal” U-21

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Bunyodkor” U-21 — “Mashal” U-21 uchrashuvining 85-daqiqasida “Bunyodkor” U-21 jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov hakam qaroriga etirozi unga uchun sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mirkamol Annamatovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

77-daqiqada “Mashal” U-21 jamoasi futbolchisi Vohidjon Oqbo'taev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Vohidjon Oqbo'taevga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” U-21 — “Xorazm” U-21

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Dinamo” U-21 — “Xorazm” U-21 uchrashuvidan so'ng “Dinamo” U-21 jamoasi futbolchisi Oybek Xamroqulov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Oybek Xamroqulovga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Mashal” U-21 — “Qo'qon-1912” U-21

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Mashal” U-21 — “Qo'qon-1912” U-21 uchrashuvining 30-daqiqasida “Mashal” U-21 jamoasi futbolchisi Suxrobjon Parmonqulov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Suxrobjon Parmonqulovga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” U-21 — “Surxon” U-21

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Neftchi” U-21 — “Surxon” U-21 uchrashuvining 63-daqiqasida “Neftchi” U-21 jamoasi futbolchisi Mujohidbek Olimov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mujohidbek Olimovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

86-daqiqada “Neftchi” U-21 jamoasi futbolchisi Nodirbek Karimov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nodirbek Karimovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Surxon” U-19 — “Qizilqum” U-19

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Surxon” U-19 — “Qizilqum” U-19 uchrashuvining 83-daqiqasida “Qizilqum” U-19 jamoasi futbolchisi Ilhomjon Ro'ziqulov hakamni haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ilhomjon Ro'ziqulovga (Qizilqum) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Lokomotiv” U-19 — “FarDU” U-19

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Lokomotiv” U-19 — “FarDU” U-19 uchrashuvining 86-daqiqasida “FarDU” U-19 jamoasi futbolchisi Ubaydulloh Muhammadov qanot hakami shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ubaydulloh Muhammadovga (FarDU) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Andijon” U-19 — “Bunyodkor” U-19

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Andijon” U-19 — “Bunyodkor” U-19 uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Bunyodkor U-19” jamoasi futbolchisi Bunyodbek Bahodirov to'p uchun kurashda raqib futbolchining yuziga qo'li bilan urgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Bunyodbek Bahodirovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -3   

Fikrlar

+1   
07 noy 12:34:05
Yodgor
Футболда ўзи вақт чўзганга жарима бормикин?
+1   
07 noy 12:00:29
Фарход
Хаёт мазмуни '"'жарима"'" ☆иштароп☆ булиб колди. Энг кизиги оддий ХАЛК-га , оддий Футболистлар -га куланилади жарималар , РЕФЕРИЛАР нима ''пук йеса'' хеч канака жарима йук, булсаям номига-гина ( минг узур, купол ёзганимга ).
+1   
07 noy 11:32:44
STENLESS..R
Килиб куришга хам арзимайди бир написана хайрон коламан нега нега футболчиларга жарима бор хакамларга йук хакамларга майда хатолик учунми жарима бериш керак ха деб хуштак чалмаслиги учун кейин майда деталларгабир тарафга ён босмаслиги учун
   
07 noy 13:02:43
salom salom
YO'Q JOYDAN PENALTI YASAYDIGAN HAKAMLAR VA VARGA HAM JARIMA YO'QMI
   
07 noy 11:31:50
STENLESS..R
Килиб куришга хам арзимайди бир написана хайрон коламан нега нега футболчиларга жарима бор хакамларга йук хакамларга майда хатолик учунми жарима бериш керак ха деб хуштак чалмаслиги учун кейин майда деталларгабир тарафга ён босмаслиги учун
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика