So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Nazorat uchrashuvida “Nasaf” “SHo'rtan”ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvida “Nasaf” “SHo'rtan”ga mag'lub bo'ldi

Teglar :  NasafSHo'rtan
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan Qashqadaryoning ikki jamoasi -“SHo'rtan” va “Nasaf” bugun G'uzorda nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Nasaf” klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra,  nazorat uchrashuvida asosan “Nasaf” safida  o'rinbosarlar jamoasi  va jamoa farm klubi tarkibida ko'proq maydonga tushayotgan o'yinchilar harakat qilishgan. Murabbiylar tomonidan kelgusida asosiy tarkibga jalb etiladigan o'yinchilar nazoratdan o'tkazilgan

Uchrashuvning 38-daqiqasida tashkil etilgan hujumda Islom Rashidxonov to'pni chiroyli tarzda Islom Kenjaboevga oshirib berdi. Islom Kenjaboev darvoazabon Eldor Tojiboev bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni uning ustidan oshirib darvozaga joylab qo'ydi – 0:1.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakun topdi.

Ikkinchi bo'limda “SHo'rtan” jamoasi murabbiylari  ko'proq asosiy tarkib o'yinchilarini maydonga tushirdi. Ular bilan tengma-teng kurash olib borgan “Nasaf” futbolchilari  vaqt o'tgan sayin maydon egalariga tashabbusni berib qo'yishdi. Uchrashuvning 51-daqiqasida qarshiliklar himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun uchrashuv hakam ular darvozasizga 11 metrlik jarima belgiladi.

Penaltini Igor Taran bexato amalga oshirdi va oradagi hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Eldor Boymatov gol kiritib, hisobni 2:1 ko'rinishga o'zgartirdi.

“Albatta bugungi uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilarimiz o'zlari haqida yaxshi taasurot qoldira olishdi. Ularning maydonda hamjihatlik bilan qilgan chiroyli harakatlari tomoshabinlar tomonidan olqishlarga sazovor bo'ldi. O'ylaymizki, bu futbolchilar orasida klubimiz shaninin himoya qila oladigan futbolchilar ko'plab topiladi”, deb yozmoqda Qarshi klubi rasmiy sayti.

“Nasaf” navbatdagi nazorat uchrashuvini 17 iyul kuni Toshkentda “Navbahor” jamoasi bilan o'tkazadi.

 Nazorat uchrashuvi

“SHo'rtan” (G'uzor) – “Nasaf” (Qarshi) 2:1 (0:1)

14.07.2017. “G'uzor” markaziy stadioni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Artyom Kalinin, Farxod Usmonov (barchasi Qarshidan)

Nazoratchi: Asror Xo'jaev (Qarshi)

Gollar: Igor Taran (pen.), 51’-0:1, Eldor Boymatov, 86’ – 2:1 – Iclom Kenjaboev, 38’-0:1

 “SHo'rtan”: 1.Eldor Tojiboev, 4.Nurali Padarov, 3.Mirmuhsin Sattorov, 10.Xasanboy Ergashev, 29.Akrom Baxromov, 22.SHamsiddin Sagdullaev, 7.Olim Karimov, 23.Yusuf Bo'riev, 20.SHahzod Xursanov, 17.G'ulom Rahmonov, 11.Jasur Xolto'raev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 93.Alibek To'ropov, 27.Evgeniy Kochnev, 15.Obid Jo'raboev, 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 77.Otabek Narzullaev, 2.Sunnatillo Mamadaliev, 19.Marufxon Murodov, 12.Doston Abduraxmonov, 88.Abbos Amonov, 9.Igor Taran.

Nasaf”: 44.Muzaffar SHaripov (35.Abduvohid Nematov 78), 5.G'olib G'aybullaev, 6.Akmal Mozgovoy (14.Dadajon Mamatqulov 78), 7.Dilshod Saitov, 10.Islom Rashidxonov (16.Xudoyorxon Sagdullaev 62), 18.Sirojiddin Qo'ziev (4.Otabek Komiljonov 70), 28.Sardor Sadullaev (15.Navro'z Izatillaev 57), 32.Islom Kenjaboev (22.Oybek Bozorov 65), 34.Ilhomjon Alijonov, 38.SHerzod Nasrullaev, 45.Dilshod Xushbakov (33.SHohmalik Komilov 78).

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика