"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
19 avg 13:42
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" Londonning "Kristal Pelas" klubi bilan yozgi transferlar vaqtida angliyalik yarim himoyachi Adam Uortonni sotib olish borasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
"TalkSPORT" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Qayd etish joizki, Uortonning o'zi klubini o'zgartirishni istamayapti va "oynachilar" safida qolmoqchi. Mutaxassislar ayni paytda yarim himoyachining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Adam Uorton o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida Angliya chempionatida 20 o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar