So’nggi yangiliklar

15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  2

Natija ortidagi og'riqlar. O'FA 2009 yillar borasida qaror qabul qiladigan vaqt kelmadimi? Yangiliklar

Natija ortidagi og'riqlar. O'FA 2009 yillar borasida qaror qabul qiladigan vaqt kelmadimi?

Ayni paytda Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyadagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz kecha Tojikiston bilan kuch sinashishdi. Bu turnir nomi U-17 miqyosida o'tkazilayotgan bo'lsa-da, biz U-16 yosh toifasida ishtirok etmoqdamiz. Tojikiston biz uchun bu musobaqadagi uchinchi raqib edi. Avvalgi turlarda Mali va Indoneziyadan engilgan o'smirlar endi qo'shnilarimiz bilan durang o'ynashdi.

Hamma gap natijadami?

Natijalar tabiiyki befarq qoldirmayapti. Lekin kechirasiz, bu erda asosiy fokus natijaga qaratilayotgani yo'q. Gap butun boshli tizim va terma jamoaning buguni, ertasi haqida bormoqda, chunki bir necha oy aynan shu terma jamoamiz Toshkentda tashkil qilingan CAFA musobaqasi finalida Tojikistondan engilgandi, etmaganiga 2007 yillarimiz ham CAFAda qo'shnilarimizni yuta olishmagan. Xayriyatki bu yoshda qaror qabul qilindi, Jamoliddin Rahmatullaevga terma jamoa ishonib topshirildi. 2009 yillarimizni ham yo'qotmasdan qarorni o'zgartirish vaqti etib kelmadikin degan fikrlar uyg'ongan. Bunga esa asoslar quyida. 

Usmon Toshevdan qolgan meros

Yuqorida tizim haqida so'z ochdik. Usmon Toshev terma jamoalar bo'limiga masul bo'lgan vaqtdan buyon yosh toifalariga murabbiylarni tayinlashda qaysi principlarga asoslanganini bilmayman, chunki 2008 yillardan boshqa har bir terma jamoa 2-3 tadan murabbiy ko'rdi. 2006 yillar Server Jeparovdan so'ng Jamoliddin Rahmatullaevga, 2007 yillar Asker Xalmuratovdan so'ng Jamoliddin Rahmatullaevga berildi. Murabbiy o'zgartirish ayb emas uni shu yosh toifasiga to'g'ri tayinlamaslik xato. 2009 yillarni yani hozirgi Indoneziyadagi terma jamoadagi futbolchilarni Dilshod Nuralievdan yaxshi biladigan mutaxassis yo'q edi, amalda boshida ushbu mutaxassis terma jamoani shakllantirishni boshladi. Lekin Usmon Toshev Yaponiyani 5:1 hisobida taslim qilgan Nuralievning ishidan ko'ngli to'lmaganini aytib Kapadzening yaqin ko'makchisiga aylangan va bu yosh toifasidagilarda hali ko'nikmasi yo'q Sergey Chigodaevni tayinladi. Kapadzening "Olimpik" va OTJdagi murabbiylar shtabidagi asosiy quroli Chigodaev edi, chunki 2001-2002 yillarning aksariyati uning bolalari edi. Esingizda bo'lsa bundan 10 yillar oldin ham shunday xatoni qilgandik baxtimizga Ravshan Haydarovning tajribasi ish berdi. Nuralievning chempion 1996larini Evstafeev, Lushchan, Mo'minjonov va oxiri Haydarov qo'lga olgan, Yangi Zelandiyadagi mundialga olib borgandi. Oxirgi Olimpiadaga olib chiqib, nuqtani qo'yadigan yana boshqa murabbiy kelgan va biz Rioga emas, Toshkentga qaytgan edik.

Indoneziyadagi o'yinlar 

Turnirdagi so'nggi uchta o'yinda Mali va Indoneziya 17 yoshli futbolchilari bilan o'ynagan bo'lsa, qo'shnilarimiz biz kabi 16 yoshli futbolchilar bo'lgan. Ularga yana tishimiz o'tmadi. Osiyo chempionatiga roppa-rosa 1 yil vaqt qolgan. Qita turniri Saudiya Arabistonida issiq vaqtda yani may oyining o'rtasida tashkil qilinadi. O'smirlarimizning oxirgi uchrashuvlardagi natijalariga etibor qaratamiz.


Rossiya - O'zbekiston 3:1 

Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:0

Xitoy - O'zbekiston 2:1

Yaponiya - O'zbekiston 3:1 

Odil Ahmedov - O'zbekiston 3:2 

"Paxtakor" - O'zbekiston 1:0 

Mali - O'zbekiston 5:1 

Indoneziya - O'zbekiston 2:0 

Tojikiston - O'zbekiston 3:3

8 ta mag'lubiyat 1 ta durang. Jamoa o'z yosh toifasidagi klublarni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. Keyingi Olimpiya terma jamoasining negizi bo'lgan 2009 yillar avlodi bo'yicha darhol chora ko'radigan payti keldi. Terma jamoa klub emaski har kuni 24 soat birga bo'lishsa. O'FA terma jamoalar bo'limi esa turli yosh toifalariga murabbiy tayinlashda jiddiy yondashishi kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
19 avg 14:03:24
nerazzuri
Терма жамоаларга масул УСМОН ТОШЕВ ? Ким у Усмон Тошев мураббийдик даврида кандай каромат курсатиб куйган эдики Юкорида рахбар булиб ишласа ? Равшан ( Эрматов) Ухлама...
+1   
19 avg 14:26:52
XO'JA
2007 yillar, 2009 yillar deb yozilmaydi.Tushunarsiz gap bo‘lib qoladi. 2009-yilda tug‘ilganlar deb yozish shart. Biz sharhda xato qilsak ham, sizlar sharmanda bo‘lmaslik uchun to‘g‘ri yozing.
   
19 avg 16:07:30
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Буларга кетган расходниям хисоблаб берганда эди. Эххххе, канча огир шароитдаги оилалар оёкка туриб оларди. Умуман мамлакат футболининг фоида ва зарарини хисоблаб чикса - микан + микан.
   
19 avg 14:49:41
Мирзаев Б
Тожикистонга ютказгандаек алмаштириш керагиди бу тренерни ватан, терма жамоа манфаати хамма нарсадан устун булиши керак
   
19 avg 13:30:53
Жамшид Jamshid
Бизда Узбекистон дегани битта тошкент эмас хоразм коракалпокистон бор шуларда хам яхши уйинчи бордир. Ёки хамма вундеркинд Тошкентдами.
   
19 avg 13:27:08
uzbek mann
Balki, seleksiyadadir gap. Championat.asia tarkib bersin bo'lmasa, deyishini kutishayapti o'xshaydi. Bir balo juniorlardan tiqishadi shundan. Cho'qintirolgan otada aytadi-ku, nichego lichnego , tolka biznes
   
19 avg 13:21:10
NEWS 24
Kim buni yaxshi murabbiy deyotgandi natijalar aytib turibdi ish 0% Prosta uyalish kerak xar Kim yutib yuribdi kimni qarindoshi boladi bu odam natijani xech Kim nega soramayapdi qancha maglubiyat kerak maqsad bu odamdan gvardiola yasashmi unday bolsa uzb demasdan nomini ozgartirish kerak
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика