So’nggi yangiliklar

19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  9 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  121 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Navbahor"ni mag'lub etdi

“Qo'qon-1912” jamoasi bugun Toshkentdagi yig'ini doirasida so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Qo'qonliklarning bu galgi raqibi – Namanganning “Navbahor” klubi bo'ldi. O'rtoqlik uchrashuvi maqomini olgan bu galgi “vodiy derbisi” ham shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Jamoalar ilk daqiqalardan hujumkor ruhda o'yin namoyish etishdi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida SHohnazar Norbekov raqib darvozasini ishg'ol etib hisobni ochdi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

O'yinning ikkinchi taymi ham xuddi birinchisi kabi shiddatli hujumlar ostida o'tdi. “Navbahor” futbolchilarida hisobni tenglashtirish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa, qo'qonliklarda hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatlar vujudga kelgandi. Ammo ulardan foydalana olmaslik oqibatida muxlislar boshqa gol kurishmadi. SHu tariqa, "Qo'qon-1912" ushbu yig'in doirasidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi.

O'rtoqlik uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” – 1:0 (1:0)
Hakamlar:
J. Muxtorov, O. Abduvosilov, SH. Azamov.
Nazoratchi: M. Ismoilov.
Gol: SHohnazar Norbekov (43).
“Qo'qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Quvondiq Ro'ziev, Sobit Sindarov, Suhrob Nurulloev, Suhrob Berdiev, SHoxnazar Norbekov, Otabek Haydarov, Aleksandr Merzlyakov, SHodiyor Hojimatov.
Zaxira: Islom Abdullaev, Xurshid Xodjaev, Azamat Isroilov, Jasur Yoqubov, Iqbol Malikjonov, Jahongir Ahmadov, Muhammadanas Hasanov, Jamshid Hasanov, Andrey Sidorov, Muhammadjon Sultonov, Hamidullo Abdhamidov, Zohid Abdullaev.
“Navbahor”: O'tkir Yusupov, Xurshid Muxtorov, G'iyosjon Komilov, Mirzohid G'ofurov, Tohir SHamsitdinov, Azimjon Ahmedov, Sardor Telyakov, Vilim Posinkovich, Azizbek Turg'unboev, Vaxit Orazsaxedov, Islom Isoqjonov.
Zaxira: Dilshod Hamroev, Islom Abdullaxonov, Anvar Hojimirzaev, Komil Tojiddinov, Abdulhay Ismoilov, SHahzod Hamidov, Husayn Ergashboev, Artyom SHerbak, Obid Jo'raboev.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика