So’nggi yangiliklar

09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  0 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  1 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  32 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16

Nazorat uchrashuvi. “Nasaf” - “Buxoro” 1:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Nasaf” - “Buxoro” 1:0

Qarshida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Nasaf” futbolchilari bugun “Buxoro” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Qarshi “Markaziy” stadioni mashg'ulotlar maydonida o'tkazilgan bellashuvda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida jamoamizga yangidan kelib qo'shilgan ukrainalik legioner Oleksandr Kablash raqib himoyachisi va darvozaboniga nisbatan ildamroq harakat qildi va darvozani ishg'ol etdi. Takidlash joizki, ushbu o'yinda Kablash gol urish bilan birga o'zi va jamoadoshlari uchun bir necha bor qulay vaziyatlarni yaratdi va o'yinni kuzatish uchun tashrif buyurgan kamsonli ishqibozlarning olqishiga sazovor bo'ldi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida “Nasaf” ustozi asosan yosh futbolchilarga imkon berdi. SHu bilan birga kuni kecha jamoamiz safiga kelib qo'shilgan yarim himoyachimiz Erkin Boydullaev ham ikkinchi 45 daqiqalikda to'liq harakat qildi.

Nazorat uchrashuvi. 13.01.2015.

“Nasaf” -“Buxoro” 1:0 (1:0)

Qarshi shahri.

Bosh hakam: F.Norsafarov.

“Nasaf”: Mixail Naumov, Hamza Karimov, SHerzod Azamov, Botir Qoraev, Alisher Yusupov, Odil Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Akram Bahriddinov, SHohruh Gadoev, Ilhom SHomurodov, Oleksandr Kablash.

Zaxiradan maydonga tushganlar: O'tkir Yusupov, Maqsud Karimov, Doniyor Narzullaev, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Laziz Ubaydullaev, Dilshod Xushbakov, Xudoyberdi Holiqov.

“Buxoro”: Aleksandr Korneychuk, Timur Kagirov, Timur Turdiev, Aziz G'ulomxo'jaev, Otabek Narzullaev, Ahror Umarjonov, Vitaliy Plamedela, Suhrob Nematov, Jamol Ubaydullaev, Evgeniy Kochnev, Otabek Isroilov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Farruh Turdialiev, Azamat SHaripov, Umrulla Ramazonov, Ravshan Aslanov, Aziz Muratov, Akobir To'raev, Jamshid Hasanov, Bahrom Narzullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика