So’nggi yangiliklar

14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  13 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0

Navoiy viloyatida "Maktablar futbol ligasi"ga start berildi Yangiliklar

Navoiy viloyatida "Maktablar futbol ligasi"ga start berildi

Bugungi kunda yurtimizda futbolga etibor va uni rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan muxtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan  2019-yil 4-dekabr sanasida imzolangan PF-5887-sonli "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni xam bunga yaqqol misol desak mubolag'a etmagan bo'lamiz. Ushbu farmonda o'zbek futbolini rivojlantirishni  yangi tizimini yaratish va u orqali butun o'zbek xalqi orzusidagi Jaxon chempionatiga chiqish vazifasini uddalash eng ustuvor qilib belgilangan. Farmonda milliy chempionatlarimizni kuchaytirish bilan birgalikda turli yoshdagi terma jamoalarimizga istedodli futbolchilarni etkazish xam asosiy vazifalardan biridir.

Farmonda ko'rsatilgan yana bir ustuvor vazifalardan biri bu umumtalim maktablarining 3-4, 5-6 va 7-8 sinf o'quvchilari o'rtasida "Maktablar futbol ligasi" musobaqasini o'tkazish xisoblanadi. Bu musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad o'zbek futbolining eng og'riqli nuqtasi xisoblangan bolalar futbolidagi muammolarni bartaraf etish va xududlarlagi BO'SM, IBO'SM, FMM, professional futbol klublariga yosh iqtilorli futbolchilarni saralashdir.

Bugun esa Navoiy shaxridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida ushbu musobaqaga start berilib, 3-4 xamda 5-6 sinf o'quvchilari o'rtasida dastlabki sinflar kesimidagi bosqichiga start berildi. Musobaqa davomida uchrashuvlarga maktab jismoniy tarbiya o'qituvchilari xakamlik qilishdi. Bundan tashqari viloyat futbol associaciyasi bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish mutaxassisi I.Nurullaev xam tashrif buyurib, yosh istedodlarni maxoratlarini diqqat bilan kuzatib bordi. Eslatib o'tamiz ertaga maktabning 7-8 sinf o'vuvchilari o'rtasida xam sinflar kesimidagi bosqich musobaqalari o'tkaziladi.

SHahboz G'ulomov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика