So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  51 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

"Navbahor": Yangi futbolchilar tanishtirildi Yangiliklar

"Navbahor": Yangi futbolchilar tanishtirildi

Bundan biroz vaqt oldin Namangandagi “Navbahor” o'yingohida davralar oralig'ida “Navbahor” jamoasi safidan o'rin olgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Jamoa azolari ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda olib borishgani va dastlabki ikki o'yin safarda o'tkazilganligi sababli, tanishtiruv marosimi ikkinchi davra arafasida o'tkazishni imkoni yuzaga kelmagandi. Taqdimot marosimida klub prezidenti T.Dadabaev, “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti R.Nizambaev, klub direktori G'.Ismailov, jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov, jamoa futbolchilari A.Ortiqov, Q.Mahammadjanov, A.Rahmatullaev, D.Isoqov, jamoa muxlislari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Davralar oralig'ida jamoa tarkibida u qadar katta o'zgarishlar ro'y bermaganligini aytib o'tish joiz. Xabaringiz bo'lsa, dastlabki davradan keyin jamoada to'p surgan xorijlik futbolchilar bilan do'stona ruhda xayrlashildi. SHuningdek, jamoamizdan ketishni istagan futbolchilarga ham javob berildi. Umumiy hisobda asosiy tarkibning olti nafar futbolchisi Navbahordan ketdi. Ularning o'rnini esa imkon qadar mahalliy futbolchilar hisobiga to'ldirishga harakat qilindi. Xususan, birinchi liga vakili Xotira-79 jamoasiga ijaraga berilgan Botir To'raboev, G'ayrat Jo'raevlar Navbahorga qaytarildi. Bundan tashqari Qo'qon-1912 klubiga ijaraga berilgan Qahramon Mahammadjonov ham ortga qaytdi. Olmaliqdan mahalliy darvozabon Akmal Ortiqovni jalb etgan bo'lsak, Kosonsoy jamoasi safida to'purarlik mahoratini namoyish etgan hujumchi Davron Isoqovni ham tarkibimizga qo'shib oldik. Buxorodan esa mahoratli yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaevni chaqirildi.

Birinchi davrada jamoamizga yordam bera olmagan himoyachi Tohir SHamsitdinovga qo'llangan jazoni ham engilashtirishga muvaffaq bo'ldik. O'FF rahbariyatiga yuborgan iltimosnomamiz qondirilib, Tohirni maydonga tushishiga ruxsat berishdi. Jarohat olgan Rahmatillo Berdimurodov ham jarohatdan qutulib safga qaytdi. Murabbiylar shtabiga esa mamlakatimizning tajribali mutaxassislaridan biri Aleksandr Volkov taklif etildi. Ushbu murabbiyni jamoamizda bo'lishi ham ikkinchi davradagi natijalarni ijobiy ko'rinish olishiga zamin yaratadi degan umiddamiz.

Taqdimot marosimi davomida futbolchilarga “Navbahor” liboslari tantanali ravishda topshirildi. Xususan darvozabon Akmal Ortiqovga 87-raqamli, himoyachi Qahramon Mahammadjonovga 26-raqamli, yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaevga 70-raqamli, hujumchi Davron Isoqovga esa 18-raqamli futbolkalar topshirildi. Botir To'raboev va G'ayrat Jo'raevlar mavsum boshida jamoa safida bo'lganliklari uchun marosimda ishtirok etishmadi. SHundan so'ng, har to'rt nafar futbolchi maydonga chiqib, o'yingohga yig'ilganlarga to'p bilan ishlash borasidagi mahoratlarini namoyish etishdi.
Marosim yakunida o'yingohga yig'ilgan muxlislar jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qilib o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. SHundan so'ng, muxlislar jamoaning navbatdagi mashg'ulotini tomosha qilish imkoniga ega bo'lishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика