Flik "Rayo Valekano" bilan o'yindan keyin "Barselona" futbolchilarini kiyinish xonasiga qamab qo'ydi
06 sen 14:43
Yangiliklar


Flik "Rayo Valekano" bilan o'yindan keyin "Barselona" futbolchilarini kiyinish xonasiga qamab qo'ydi
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik 31 avgust kuni La Liga doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan so'ng g'azablangan va jamoani kiyinish xonasiga qamab qo'ygan.
Lamin Yamal tanaffusga oz qolganda penaltidan jamoasini oldinga olib chiqdi, ammo "Barselona" ustunlikni saqlab qololmadi. Fran Peres hisobni tenglashtirdi va o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Shundan so'ng kataloniyaliklar murabbiyi Flik o'yinchilardan g'azabini yashirmadi.
"The Athletic" malumotlariga ko'ra, germaniyalik murabbiy o'z shogirdlarining ko'rsatkichlari pasayganidan hafsalasi pir bo'lib, ularni mehmondagi kiyinish xonasiga qamab qo'ygan. Futbolchilar bilan uzoq suhbat olib borilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar