So’nggi yangiliklar

09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  6 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  2 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  5 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  13 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  40

"Navbahor" va "So'g'diyona" yangi mavsum uchrashuvlarini shartli ravishda o'z maydonlarida qabul qilishadi Yangiliklar

"Navbahor" va "So'g'diyona" yangi mavsum uchrashuvlarini shartli ravishda o'z maydonlarida qabul qilishadi

Bu haqda O'zPFL rasman malum qildi.

"11-dekabr kuni OAV bilan bo'lib o'tgan muloqot davomida Liga stadionlar masalasiga alohida urg'u bergan bo'lib, Jizzaxdagii "So'g'diyona" va Namangandagi "Markaziy" stadionida ayrim muammolar borligiga to'xtalgandi.

Namangandagi stadion maydoni 2018 yil Liga talab qilgan ko'rinishga keltirilgan, Jizzaxdagi maydon esa 2023 yilgi mavsumda bunga erishdi. Biroq hozirga kelib maydon parvarishi masalasida Ligada xavotirlar mavjud. Superliganing so'nggi mavsumi oxiriga kelib har ikki stadion futbol maydonlarida toliqishlar mavjud ekanligini barcha ko'rdi.  

Mazkur oyda Liga rahbariyati Namangan viloyati hokimi bilan uchrashuv o'tkazgan bo'lib, unda Markaziy stadion holatini yaxshilash masalasida so'z borgan. SHuningdek, "So'g'diyona" klubi rahbariyati bilan ham yaqinda uchrashuv tashkil etildi. Har ikki maydon parvarishiga jiddiy etibor qaratish, bu masalaga etarlicha mablag' ajratish masalalari muhokama qilindi. Har ikki tomon muammoga to'g'ri yondoshsa, "Markaziy" va "So'g'diyona" yana avvalgi holatiga qaytishiga shubha yo'q. Ishonamizki, "Navbahor" va "So'g'diyona" bunga echim topa oladi. 

SHundan kelib chiqib, Liga har ikki stadionni shartli ravishda ro'yxatdan o'tkazmoqda. Tashkilot hamkorlik qilayotgan mutaxassislar mahalliy agronomlar bilan ko'ngilli sifatida hamkorlik qilish va maydonlar parvarishi masalasida barcha maslahatlarni berib borishga tayyor", -deyiladi O'zPFL bayonotida.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика