So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

"Navbahor" tarkibiga uch nafar futbolchi qo'shildi Yangiliklar

"Navbahor" tarkibiga uch nafar futbolchi qo'shildi

Teglar :  Navbahor
Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan “Navbahor” o'z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga to'ldirishda davom etmoqda.

Jamoa safiga Turkiya safaridan oldin 3 nafar yangi futbolchi qo'shildi. Darvozabon Xurshid Xo'jaev, himoyachilar – Ibrohim Yo'ldoshev va Luka CHermel yangi mavsumni “lochinlar”  tarkibida davom ettiradigan bo'lishdi.   

Mazkur futbolchilar borasida to'xtaladigan bo'lsak, tajribali darvozabon Xurshid Xo'jaev 1988 yil 14 fevralda Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida tug'ilgan. Katta futboldagi faoliyatini 2012 yili Farg'onaning “Neftchi”sida boshlab, ushbu jamoa darvozasini 2013 yilning yakunigacha qo'riqlagan.

Takidlash joizki, Xo'jaev klub uchun begona emas va u 2014-2015 yillar mavsumlarida “Navbahor” sharafini himoya qilgan. Keyinchalik  “Andijon” (Andijon, 2016 yil), AGMK (Olmaliq, 2017-2018 yillar), “Buxoro” (Buxoro, 2019  yil), “Istiqlol” (Farg'ona, 2020 yil), “Qo'qon-1912” (Qo'qon, 2021 yil) jamoalari darvozalarini qo'riqlagan.

Tajribali golkiper o'tgan mavsumni “Andijon”da o'tkazib, 12 ta o'yinda jamoa darvozasini qo'riqlab, andijonliklarning Pro-liga g'olibi bo'lishlari, Coca Cola Superliga-2023 yo'llanmasini qo'lga kiritishlariga o'zining munosib hissasini qo'shdi.  

Mahoratli himoyachi Ibrohim Yo'ldoshev 1999 yil 5 iyunda Toshkent shahrida tug'ilgan. Katta futboldagi faoliyatini 2016 yili Toshkentning “Paxtakor”ida boshlab, ushbu jamoada 2018 yilning yarmigacha to'p tepdi.  2018 yilning 2-davrasi va 2019 yilgi mavsumda Bekobodning “Metallurg” klubida o'ynadi. 2020 yilning 1-davrasini yana “Paxtakor”da o'tkazib, o'sha yilgi mavsumning 2-davrasi hamda 2021 yilgi mavsumni Termizning “Surxon”ida o'tkazdi. Yakunlangan mavsumda esa Samarqandning “Dinamo” jamoasida to'p tepib, O'zbekiston Coca Cola Superligasi va kubogida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2273 daqiqa to'p surgan holda, 1 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qilgan.     

Tajribali himoyachi Luka CHermel esa 1995 yilning 29 iyulida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning OFK (Belgrad, 2014 yilning 1-davrasi), “Sanjelik” (Belgrad, 2014 yilning 2-davrasi), “Brodarak” (Belgrad, 2015 yilning 1-davrasi), IMT (Belgrad, 2015 yilning 2-davrasi – 2017 yilning 1-davrasi), “Teleoptik” (Zemun, 2017 yilning 2-davrasi-2018 yil), “Radnichki” (Nish, 2019 yilning 1-davrasi), “Injiya” (Injiya, 2019 yilning 2-davrasi – 2020 yil), O'zbekistonning “So'g'diyona” (Jizzax, 2021-2022 yillar) klublarida o'ynagan.

Serbiyalik futbolchi jizzaxliklar tarkibida so'nggi ikki mavsumda Coca Cola Superligasida jami 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4177 daqiqa o'ynagan holda, 2 golga mualliflik, 3 ta golga assistentlik qilgan.

CHermel o'tgan mavsumda “So'g'diyona” tarkibida 24 ta bahsda maydonga tushib, 1911 daqiqa o'ynab, 1 tadan gol va assist muallifiga aylangan.

Xurshid Xo'jaev hamda Ibrohim Yo'ldoshev jamoa azolari bilan birgalikda Turkiyaga parvoz qilishgan bo'lsa, Luka CHermel Antalyada “Navbahor” mashg'ulotlariga qo'shiladi.     

Biz mazkur o'yinchilarning yangi mavsumda jamoamiz tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishlariga tilakdoshmiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика