"Navbahor" rahbariyatida o'zgarish
06 mar 2024 18:21
Yangiliklar
"Navbahor" rahbariyatida o'zgarish
"Navbahor" futbol klubiga yangi prezident tayinlandi
Yana shuni ham takidlash joiz-ki, Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol Associaciyasi prezidenti SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzoqov kechagi yig'ilishda Otabek Samatovning ham vice-prezidentlik lavozimida qolishi va u selekciya ishlari bilan shug'ullanishini takidladi.
So'ngra, klubimiz prezidenti Rasul Nizamboev "Navbahor" PFK hamda "Markaziy" stadioni rahbariyati va ishchi-xodimlari bilan yig'ilish o'tkazdi.
Unda bir qator masalalarga to'xtalib o'tildi. Jumladan, "Navbahor" tarixini yaratish kerakligi, sobiq futbolchilarga etibor qaratish lozimligi, klub xodimlari hamjihat bo'lib ishlashlari kerakligi takidlandi.
SHundan so'ng, tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Unda klub direktori Baxtiyor Nurmatov o'z arizasiga ko'ra, vazifasini tark etganligi takidlanib, unga "Navbahor"dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirilib, keyingi ishlarida omad tilandi.
Baxtiyor Nurmatovning o'rniga bungacha "Navbahor" PFK direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Akmal Sohibov vaqtinchalik klub direktori etib tayinlandi.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar