"Navbahor" O'zbekiston MTJ sobiq darvozabonini o'z safiga qo'shib oldi
10 fev 2024 20:10
Yangiliklar
"Navbahor" O'zbekiston MTJ sobiq darvozabonini o'z safiga qo'shib oldi
"Tajribali darvozabon Aleksandr Lobanov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Lobanov 1986 yil, 4 yanvar kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “So'g'diyona” (Jizzax, 2005-2006 yillar), “Qaysar” (Qizilo'rda,Qozog'iston, 2007 yil), “Akjayik” (Uralsk, Qozog'iston, 2008 yil), “Buxoro” (Buxoro, 2009-2010 yillar), “Aral” (Nukus, 2011 yil), “Paxtakor” (Toshkent, 2012-2015 yillar, 2016 yilning 2-davrasi – 2018 yil), “Metallurg” (Bekobod, 2019–2023 yillar) jamoalari darvozasini qo'riqlagan.
O'zbekistonning 3 karra chempioni (2012, 2014-2015 yillar), shuningdek, milliy chempionatimizning kumush (2018 yil) va bronza (2017 yil) medallari sohibi.
Bundan tashqari, Eron chempionati kumush medalini qo'lga kiritgan (2016 yil).
2015-2017 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Biz Aleksandr Lobanovga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar