So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

"Navbahor"-"Olmaliq" uchrashuviga kirish chiptasi qanchadan sotilmoqda? Yangiliklar

"Navbahor"-"Olmaliq" uchrashuviga kirish chiptasi qanchadan sotilmoqda?

Xabaringiz bor, yana uch kundan so'ng "Navbahor" jamoasi Oliy liganing 12-turida "Olmaliq" jamoasini Namangandagi "Markaziy" o'yingohda qabul qiladi.
Bu kunlarni ancha vaqt kutgan edik. Va nihoyat yana muxlislar "Markaziy" o'yingohga qaytishadi. 22000 ga yaqin muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadionimizda dastlabki uchrashuv sifatida "Navbahor"-"Olmaliq" bahsi tilga olinadi. Barcha qulayliklarga ega stadionimiz ikki yil davomida qaytadan tamirlanib, bugungi kunda go'zal chiroyga ega bo'ldi. Ikki yil davomida "Navbahor" Kosonsoydagi "Markaziy" o'yingohda o'yinlar o'tkazib turdi. Kosonsoyda yaxshi - yomon kunlar ham bo'ldi. Qisqasi, barchasi uchun rahmat aytib qolamiz.

Kechagi uchrashuv mobaynida o'yingoh suhandoni "Navbahor"ning navbatdagi o'yini Namangandagi "Markaziy" o'yingohida bo'lib o'tishini eslatib o'tdi. Unda aytilishicha, uchrashuvdan oldin O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar ijrosida katta koncert namoyish etilarkan. Albatta, yangi o'yingoh bo'lganidan so'ng shunday tadbir o'tkazish lozim edi. "Barkamol Avlod"dagi tadbirlar bu hisobga kirmaydi.

Muxlislarni uchrashuvga (koncertga) kirish chiptasi masalasi qiynayotgani bor gap. Kecha ham takidlanganidek, sotuvga chiqarilgan chiptalar soni cheklangan. CHiptalarning juda ko'p qismi davlat korxona va tashkilotlari, o'quv muassasalariga tarqatib chiqilgan. SHu bois sotuvga juda kam miqdorda chipta chiqarilgan.

Kechagi uchrashuv vaqtida suhandon chipta narxini aytishdan tiyilgani bor gap. CHunki, barcha muxlislar shu malumotni kutishayotgan edi. Bizdagi malumotlarga qaraganda, chiptalar sotuvga 100.000 so'mdan chiqarilmoqda. SHuningdek, shunday mablag' hisobida tashkilotlarga o'tkazilgan.

Bundan kelib chiqadiki, garchand uchrashuv mobaynida o'yingoh muxlislarga to'la bo'lsa-da, tomoshabinlar orasida koncert shinavandalari ko'pchilikni tashkil etishi mumkin. Albatta, bunday narxni eshitgan aksariyat muxlislar o'yingohga borishni maqul ko'rishmaydi. Undan ko'ra shu pulni yarmiga uyiga ikki kilo go'sht olib kirgani ming chandon afzal.

Lekin biz bu bilan klub siyosatiga qarshi chiqmoqchi emasmiz. Ular ham "Navbahor" rivoji uchun shu ishga qo'l urishgan bo'lishsa kerak. Har holda, ayrim manbalarda chiptalardan tushgan mablag'ning ko'p qismi "Navbahor"ga o'tkazilishi aytilmoqda.

Uchrashuvni o'yingohdan jonli ko'rishga imkon topa olmaganlar shu kuni "Namangan" televideniyasi orqali uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri kuzatishlari mumkin. TV xodimlari shu ish ustida ishlashmoqda. Albatta, oldin shu haqda vadalar berilgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика