So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvdan so'ng Yangiliklar

"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvdan so'ng

Uchrashuvdan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiyilari jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.
Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi): - Uchrashuv xususida nima ham deyishim mumkin. Oxirgi paytlarda har ikki jamoa tez-tez o'yin o'tkazgani uchun bugun ularda charchoq alomatlari sezildi. Asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Garchi oldimizga qo'ygan vazifamizni bajargan bo'lsakda, bu xali 1/2 finladamiz degani emas. Kurash yana davom etadi. Javob uchrashuvi borligini unutmaslik zarur. Raqib hususida to'xtaladigan bo'lsam, "Navbahor" so'nggi 4-5 yilda eng yaxshi shakllangan jamoa deyishim mumkin. So'nggi o'yinlarimizda ular biz uchun noqulay raqib ekanligini ko'rinib turibdi. Ashurmatov jamoasida ham ko'pgina qulay vaziyatlar sodir etildi. Ammo, omad biz tarafda bo'ldi va g'alabaga erishdik.

Baxtiyor Ashurmatov ("Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi): - "Nasaf" kuchli jamoa. Bu yilgi mavsumda qarshiliklar bir marotaba mag'lubiyatga uchrashdi. 4- turda bizga imkoniyatni boy berganidan buyon xali yutqazmagan. Ushbu jamoani engsa bo'lardi. Ularni ijobiy natijalari tarkibda kuchli murabbiy va futbolchilar yig'ilganidan dalolat beradi. SHogirdlarim oxirgi uchta o'yinda mag'lubiyatga uchrashgandi. SHu sababli muxlislarimiz oldida jamoa obro'sini ko'tarishni maqsad qilgandik. Afsuski teng kurashlar ostida kechgan o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Birgina xavfli deb bo'lmaydigan vaziyatdan to'p o'tkazib yubordik. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan esa unumli foydalana olmadik. SHu sababli raqibga yuqtkazdik. Endi javob uchrashuvida bizga qiyin bo'lishi aniq. Aslini olganda murabbiy sifatida birinchi o'yin mehmonda o'tkazilishi tarafdoriman. Sababi, safarda himoyaviy o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erishsangiz, uyda oson bo'ladi. Bugun "Nasaf" ham o'z maydonida yana biz bilan to'qnashuv borligini inobatga olgan xolda, himoyaviy o'yin namoyish etdi. CHunki ular durang natijaga erishishsa ham javob o'yinida imkoniyatlari yaxshi bo'lardi. SHuning uchun vaziyatlar yaratishimiz qiyin bo'ldi. Yigitlarga etirozim yo'q. Ular bor kuchlari bilan o'ynashdi. Qolaversa o'yinga tayyor bo'lmagan futbolchilarni ham o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Otabek Valijonov 15 kun, Azim Ahmedov bir xaftadan buyon mashg'ulotlarda qatnashishmagan. SHuningdek so'nggi paytlarda tarkibdagi yo'qotishlar soni ham ko'payib ketganini takidlash lozim. Lekin, asta-sekin jaroxatlangan Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubovlar ham shikastlaridan forig' bo'lishmoqda. "Mashal"ga qarshi bellashuvda SHahboz Erkinov ham jaroxatlanganlar safiga qo'shildi. Baribir 5-6 ta yo'qotish o'z tasirini o'tkazdi.

- Raqibning o'yini to'g'risida fikringiz qanday? "Nasaf" "feyr-pley" qoidalariga amal qilgani yo'q.

- Yo'q, bu borada gapirmoqchi emasman. Muxlislarimizda hakamga etiroz bo'lgan bo'lishi mumkin. Biroq, bularga to'xtalmoqchi emasman. Teng kurashlar ostida kechgan haqqoniy bahsda "Nasaf" birgina vaziyatdan foydalandi va bugungi o'yinda kuchliroq ekanini isbotladi. Ularni g'alaba bilan tabriklashdan boshqa ilojimiz yo'q. Rostini aytsam, tezroq birinchi davra yakunlanishini kutyapman. SHunda barcha futbolchilarimiz jaroxatlaridan qutulishardi. Qaysi futbolchilar jamoada qolishi yoki kimlar bilan mavsumni oxirigacha etkazishimiz ham malum bo'ladi. Ko'plab savollarga davralar oralig'ida oydinlik kiritib olamiz. Tarkibni kuchaytirish rejamda bor. Lekin, agarda rahbariyat oldimizga aniq bir o'rinni egallashi vazifasini qo'yib, jamoadagi holat yaxshi bo'lsa, o'ylaymanki jamoani hech kim tark etmaydi.

- "Bunyodkor", "Paxtakor" va bugun "Nasaf"ga qarshi o'yinlarda jamoa darvozabonlari oddiy xolatlarda gol o'tkazib yuborishmoqda. Ularga etirozingiz bormi?


- Kimnidir ayblamoqchi emasman. Aybni o'zimdan izlayman. Darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiyimiz bor. Bu masala bo'yicha murabbiylar shtabi xatolar ustida ishlaymiz. Ishonchim komilki, qiyin vaziyatdan chiqib, muxlislar xurmatini qozonamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика