"Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi
30 dek 2022 16:43
Yangiliklar
"Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi
"Navbahor" sobiq yarim himoyachisi Diyor Turopov faoliyatini "Neftchi"da davom ettiradi.
"Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. O'tgan mavsumda "Navbahor" tarkibida to'p surgan tajribali yarim himoyachi Diyorjon Turopov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.
Malumot o'rnida, Diyor Turopov o'tgan mavsumning birinchi davrasini Toshkentning "Lokomotiv", ikkinchi qismini Namanganning "Navbahor" klublarida o'tkazgan. Superligada jami 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1526 daqiqa harakat qilgan va 2 ta gol kiritib, ikki golga assistentlik qilgan.
Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada g'ayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak cho'qqilarga ko'tarishga munosib hissa qo'shishiga ishonamiz", — deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar