So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

"Navbahor-Farm" murabbiyi: "Bizda hech qanday kamchilik yo'q" Yangiliklar

"Navbahor-Farm" murabbiyi: "Bizda hech qanday kamchilik yo'q"

Pro liga 14-turi doirasidagi "Dinamo" - "Navbahor-Farm" (2:1) o'yinidan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi Karimjon Bozorov fikrlarini bildirdi.

- O'yin shiddatli bo'ldi. Bugun hisobni ochgan bo'lsak-da, raqibimiz «Dinamo» ikkinchi bo'lim yakunigacha ustunligini ko'rsatdi. Sababi Samarqand jamoasi tarkibi Superligaga mos, tajribali o'yinchilardan tashkil topgan. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga intilamiz. SHunga qaramay, bugun munosib qarshilik ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Tomoshabop o'yin bo'ldi.

- O'yin oldidan «Navbahor-Farm» jamoasidagi moliyaviy muammolar, klubdagi sharoitlar og'irligi haqida xabar tarqalgandi. Bu masalada o'zgarishlar bo'ldimi, muammolar bartaraf etildimi?

- Endi bu, nima deydi, bizga qorong'u masala. Jamoadagi ichki muhit yaxshi, endi jurnalistlar xohlagan narsasini yoritadi, nima yozsa, ularni o'zi javob beradi. Lekin jamoada muhit yaxshi, hech qanday kamchilik yo'q. Rahbariyat qo'ldan kelgancha bizga sharoit qilib berayapti. Hammasi yaxshi, rahbariyatga hech qanday shikoyat yoki etirozimiz yo'q. Ha, kamchilik bo'ladi, ammo hammasi sekin-asta bartaraf etiladi. Xalqni og'ziga elak tutib bo'lmaydi, kimdir nimadir degan bo'lsa, o'sha javob beradi. Bu bizga qorong'u masala. 

- Bosh murabbiy Rashid G'ofurovning matbuot anjumaniga chiqmagani nima bilan bog'liq?

- Bosh murabbiyimizning mag'lubiyat va o'yindagi jiddiy jarohatdan kayfiyatlari yo'q. O'sha o'yin boshida jarohat olgan futbolchi u kishining o'g'illari bo'ladi. Tez tibbiy moshinasida olib ketildi. Baribir hamma ota ham farzandining salomatligidan xavotir oladi. SHu bois o'rnilariga matbuot anjumaniga men chiqdim, - deydi «Navbahor» murabbiyi uchrashuvdan keyin.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика