"Barselona" PSJ bilan o'yinni qaysi stadionda o'tkazishi malum
19 sen 2025 22:14
Yangiliklar
"Barselona" PSJ bilan o'yinni qaysi stadionda o'tkazishi malum
Chempionlar Ligasining 2-turidan o'rin olgan "Barselona" – PSJ uchrashuvi "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida bo'lib o'tadi.
Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati malum qildi.
"Klub yaqin oylarda "Spotifay Kamp Nou"ni ochish uchun zarur mamuriy ruxsatnomalarni olish uchun faol ishlashda davom etmoqda", – deyiladi klub bayonotida.
2023/24 va 2024/25 yilgi mavsumlarda "Kamp Nou"ni tamirlash vaqtida "Barselona" o'z uy uchrashuvlarini taxminan 52 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida o'tkazdi. Kataloniyaliklar joriy mavsumdagi bitta uy uchrashuvini 6000 tomoshabinga mo'ljallangan "Yoxan Kroyf Arena"da olib bordi.
"Barselona" – PSJ uchrashuvi 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Chempionlar Ligasining 1-turida kataloniyaliklar "Nyukasl"ni mehmonda 2:1 hisobida mag'lub etdi. PSJ turnir boshida "Atalanta"ni 4:0 hisobida yutdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar