Kamoliddin Tojiev: "Sho'rtan" 10 kishi bo'lib himoyalangani bizga qiyinchilik tug'dirdi"
19 sen 21:35
Yangiliklar


Kamoliddin Tojiev: "Sho'rtan" 10 kishi bo'lib himoyalangani bizga qiyinchilik tug'dirdi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs biz uchun qiyin kechdi. "Sho'rtan" har ikkala taymda bizga qarshi 10 kishi bo'lib himoyalandi. O'tgan tur maydonda 10 kishi qolib ko'p kuch yo'qotgandik. Bugun shuning tasiri ham bilindi. Afsuski, g'alaba qozona olmadik.
- "Paxtakor" bu o'yinga ko'tarinki kayfiyatda etib keldi. Avvalgi turlarda "Andijon"ga oltita gol urildi, "Neftchi" mag'lub etildi. Lekin bugun "Sho'rtan"ning oxirgi o'rinda borayotgani futbolchilarga tasir ko'rsatdimi?
- Ruhiy tasir ham bo'lishi mumkin. O'tgan tur ko'p kuch yo'qotdik, bugun esa raqib 10 nafar futbolchi bilan himoyalangani bizga qiyinchilik tug'dirdi. Qolaversa vaziyatlardan foydalana olmadik.
- Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinga qanchalik tasir qila oldi?
- Futbolchilarimiz toliqib qolgani uchun zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Lekin baribir 10 kishi bo'lib himoyalanadigan jamoaga qarshi bahs olib borish qiyin kechadi. Bo'sh hududlarni topish ham oson emas.
- Natijadan qoniqdingizmi?
- G'uzorga yutuq uchun kelgandik. Lekin bir ochko bilan qaytyapmiz. Bor gap shu.
- Avgust oyi oxirlarida Timur Kapadzening "Paxtakor"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi haqida gaplar yangradi. Shundan so'ng jamoada nima o'zgardi yoki nima ro'y berdi?
- Hech narsa ro'y bermadi va hech nima o'zgargani yo'q. Bizda hamma o'z ishini bajarishda davom etyapti.
- Sizningcha, bugun "Sho'rtan" tarkibida eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?
- Doniyor Narzullaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar