So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Mirjalol Qosimov: "Tug'ilgan kunimga eng yaxshi sovg'a bo'ldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Tug'ilgan kunimga eng yaxshi sovg'a bo'ldi"

Superliganing 22-turi doirasida OKMK - "Bunyodkor" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Haqiqatdan ham muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Bu uchrashuv qiziqarli bo'lishi kutilayotgan edi. Birinchi bo'limda ochiq futbol namoyish etdik. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va shu sababli oxirigacha kurashdik. Futbolchilar tug'ilgan kunimga eng yaxshini sovg'ani taqdim etishdi. Ular g'alabani sovg'a qilamiz deya vada berishgan edi va o'z vadalarining ustidan chiqishdi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman" - dedi Mirjalol Qosimov.

- O'tgan hafta jamoangiz "So'g'diyona"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgandi. Bugun esa "Bunyodkor" yirik hisobda mag'lub etildi. Ushbu oraliq ichida jamoada qanday o'zgarish bo'ldiki, natija yaxshilandi.

- Jizzaxdagi o'yinda ham yomon o'ynamadik. O'sha o'yinda Doriev o'z mahoratini ko'rsatdi. Biz arzimagan va kichik vaziyatlarda xato qildik va raqib bizni kechirmadi. Statistika bo'yicha ham raqibdan orqada emas edik, ammo statistika uch ochko olib kelmaydi. Yigitlarga biroz "olov" etishmagandek. Futbolchilarga ham shu haqda aytgandim. O'yinni tahlil qildik va barcha to'g'ri qabul qildi. Futbolda bunday oddiy xatolarga yo'l qo'yish kerak emas. Bugun yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana oldik va himoyada katta xato qilmadik. Jamoadoshlar bir-birining xatosini to'g'rilay olishni ham bilish kerak. Bu dunyoda hammamiz xato qilamiz, ayniqsa futbolda.

- Hurshid G'iyosov ancha yorqin o'yin o'tkazdi. Adashmasam, G'iyosov gol va assistlar soni bo'yicha Superligada etakchi. Ushbu futbolchi terma jamoaga chaqirilishi uchun nima etishmayapti deb o'ylaysiz? To'g'ri, G'iyosov har doim ham barqaror emas.

- O'zining ustida ishlashi kerak. O'xshayaptimi yoki yo'q, xulosa chiqarib davom etish kerak. Chaqiriladimi yo'qmi, bunga terma jamoadagi murabbiylar javobgar. Ular MTJni kim kuchaytira olishini biladi. Tashqaridan turib fikr bildirishimiz noto'g'ri.

- Sardor Mirzaev ikki yildan ko'proq davom etgan tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi. Sizning futbolchilik faoliyatingizda ham og'ir jarohat bo'lgan va uzoq muddat davomida maydon tashqarisida qolib ketgansiz. Mirzaev bu muddat ichida nimalar haqida o'ylagan va qiynalganini faqat o'zi bilsa kerak. Siz ushbu holatga Sardor Mirzaevga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?

- Sardor menga maslahat berib yuribdi-ku (hazil). Nafaqat Sardor balki har bir futbolchi uchun bunday jarohatlar og'ir kechadi. Futbolsiz yashash qiyin. Ayrim futbolchilar bunday jarohatlardan so'ng jamoasiz qolib ketadi. Ayrim vaziyatlarda, ushbu futbolchi endi jamoaga foyda keltirmaydi deb shartnomani bekor qilib yuborishadi. Bizning jamoada emas bunday emas. Sardor maydonda jamoa o'ynayotgan vaqti jarohat oldi, ko'chada yoki uyida jarohat orttirib kelgani yo'q. Bugun unga "futbol nafasi"ni olishi uchun o'yin so'ngida imkoniyat berdik. Sardor mashg'ulotlarda yoshlarga ko'p maslahat beradi, uning tajribasi katta. Yosh futbolchilar Sardorning maslahatlariga quloq solib, ertaga terma jamoaga darajasigacha etib borishi ham mumkin. Bunday futbolchilar jamoaga katta foyda keltiradi. U uyalmasdan yoshlar jamoasida ham o'ynadi. Sababi tiklanib olishi kerakligini tushundi. Harakat qilyapti va o'ynayman deyapti, o'ynayversin va jamoaga foyda keltiraversin.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
20 sen 21:49:42
аИа
Menimcha Sardor Mirzaeb OKMK da jarohat olmadi. OKMK ga jarohati bilan kelgan u
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика