Eldor Moyliev: "Barchamizning maqsadimiz bitta: "Sho'rtan"ni Superligada olib qolish"
19 sen 21:55
Yangiliklar
Eldor Moyliev: "Barchamizning maqsadimiz bitta: "Sho'rtan"ni Superligada olib qolish"
- O'yin haqida fikringiz?
- "Paxtakor" kuchli jamoa ekanini hamma biladi. Shu bois ularga qarshi yopiq futbol namoyish etdik. Tartibli himoyalandik, hujumda esa biroz omadimiz kelmadi.
- O'tgan tur jamoangiz "Mashal"ga mag'lub bo'lgandi, bugun esa "Paxtakor" bilan durang qayd etdi. Har ikkala bahsda qanday farqlar ko'zga tashlandi?
- "Mashal" bilan ochiq futbol namoyish etgandik, bugun esa yopiq futbolni tanladik. Ko'p uchrashuvlarda o'z xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yuboryapmiz. Ko'pincha yigitlar bunga tayyor bo'lmay qolyapti. Yopiq futbol o'ynash osonroq, lekin doim ham buni tanlay olmaymiz.

- Temur Mamasiddiqov almashtirilgani nima bilan bog'liq?
- Mamasiddiqov bugun yaxshi harakat qildi, faqat toliqib qolgani uchun o'rniga boshqa o'yinchini tushirdik.
- "Jo'jani sanaydigan" payt ham yaqinlashmoqda. "Sho'rtan"ning yakuniy holatini qanday tasavvur qilyapsiz?
- Hammasi Ollohdan. Biz nima bo'lishini bilmaymiz. Shuni aytishim mumkin, hali imkoniyat bor ekan oxirigacha kurashamiz. Hammasi o'z qo'limizda. Barchamizning maqsadimiz bitta: "Sho'rtan"ni Superligada olib qolish. Klubdagi hamma shu maqsad yo'lida harakat qilyapti.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar