"Navbahor" bugun Toshkentda yig'inga kirishadi
06 jan 13:10
Yangiliklar
"Navbahor" bugun Toshkentda yig'inga kirishadi
Jamoa bu yilgi ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini bugundan boshlaydi.
"Lochinlar" bugun poytaxtimizda yig'ilib, uch haftalik yig'in o'tkazadi. Mashg'ulotlar davomida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklashga qaratiladi.
Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilmagan. Biroq mashg'ulotlarning so'nggi haftasida o'yinchilarning jismoniy holatlaridan kelib chiqqan holda, sparring raqib tanlab, nazorat-sinov bahsi o'tkazilishi yoki futbolchilar ikkiga bo'lingan holda o'zaro o'yin o'tkazishlari ham mumkin.
Toshkentdagi mashg'ulotlar yakunlangach, o'quv-mashg'ulot yig'inini BAAda davom ettirish rejalashtirilgan", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq "Navbahor"dan ketgan futbolchi "Qizilqum"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar