So’nggi yangiliklar

17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  0 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  2 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1

"Navbahor" bu yil OFK kubogi yarim finaliga chiqqan jamoani mag'lub etdi Yangiliklar

"Navbahor" bu yil OFK kubogi yarim finaliga chiqqan jamoani mag'lub etdi

Teglar :  Abdish OtaNavbahor
Xabaringiz bor, ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan O'zbekiston Superligasida tanaffus yuzaga kelgan.

Bundan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy formalarini maromida saqlab turish maqsadida, “Navbahor” kecha Qirg'iz Respublikasining sovrindor jamoalaridan biri, mamlakat Premer-ligasining so'nggi ikki mavsumi, yani, 2022 va 2023 yillardagi chempioni, yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri Islom Ahmedov murabbiylik qilayotgan “Abdish - Ota” (Kant) jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda ustunlik asosan vakillarimiz tarafida bo'ldi va Samvel Babayan shogirdlari mehmonlar darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo ko'plab holatlarda raqib jamoa darvozaboni Kutman Kadirbekov o'z mahoratini namoyish etgan bo'lsa, ayrim vaziyatlarda “Abdish-Ota” himoyachilari hujumlarni bartaraf etishga muvaffaq bo'lishdi.

Uchrashuvdagi yagona golga 42-daqiqada Asadbek Sobirjonov mualliflik qildi.

SHuningdek, 2-bo'limda zaxiradan maydonga tushgan gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadzening zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuniga tekkanligi, qirg'izistonliklarning kam sonli qarshi hujumlarining birida Aleksandr Lobanov to'pni qaytarganligini ham etirof etish lozim.

SHu tariqa, “lochinlar” Qirg'iz Respublikasining amaldagi chempioni ustidan kichik hisobda zafar quchishdi.




Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

“Navbahor” – “Abdish-Ota” – 1:0 (1:0)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 310 tomoshabin.
Hakamlar:
Ibrohim Ismoilov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, G'ayratjon Jo'raev.
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov.
Gol: Asadbek Sobirjonov (42).

“Navbahor”: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Siyavash Haqnazari, 11.Asadbek Sobirjonov, 19.SHerzod Abdulboriev, 22.Toma Tabatadze, 23.Yovan Jokich, 24.Dostonbek Abdulxaev, 33.SHodiyor SHodiboev, 77.Abrorbek Ismoilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 5.Alijon Alijonov, 21.Giorgi Nikabadze, 71.Navro'zbek Iminjonov.

“Abdish-Ota”: 13.Kutman Kadirbekov, 7.Argen Jumataev, 8.Azim Azarov, 11.Farxat Musabekov, 14.Nurlan Sarikbaev, 20.Kayrat Jirgalbek uulu, 21.Islam Mejitov, 26.Askarbek Saliev, 32.Mirbek Axmataliev, 34.Ayzar Axmatov, 75.Bekjan Saginbaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 17.Suxrobbek Berdiev, 33.Xasan Mukbilov, 37.Biymirza Jenishbekov, 55.Erbol Abdujaparov.

Ogohlantirishlar: SH.SHodiboev, A.Ismoilov – M.Axmataliev, F.Musabekov. 




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика